February 27, 2023

Наши Лица: В кадре -  Жасур Резаев

«В производстве главное для меня — соблюдение правил технической безопасности!»

Одна из самых распространенных специализаций в нефтегазовой отрасли – профессия инженера-технолога. Такая работа требует от человека хорошей памяти, внимания и активного мышления. Сегодня героем рубрики #НашиЛица стал ведущий инженер-технолог Районной инженерно-технологической службы ERIELL Group – Жасур Рузимуродович Резаев.

В Группу компаний он пришел в октябре 2018 года. Сегодня он работает на должности ведущего инженера-технолога Районной инженерно-технологической службы. Жасур Рузимуродович отвечает за производство, установку и техническое обслуживание оборудования и систем для добычи нефти и газа. Его основная задача – благополучный исход бурения скважин.

«Моя основная обязанность – обеспечить производственные объекты всем необходимым для безопасного бурения скважин. Также первостепенным в работе является умение решать проблемы, адаптироваться к сложным и неожиданным ситуациям, поддерживать эффективную связь с другими сотрудниками и, самое главное, точно определять использование производственного процесса и выбирать оптимальный режим работы оборудования», – рассказывает Жасур Резаев.

Самое ценное, что обрел специалист, работая в компании, – профессиональный опыт и умение выходить из сложных ситуаций: «На производстве всякое бывает, случаются и непредвиденные ситуации. В таких случаях я полагаюсь на свой жизненный и профессиональный опыт, а также прислушиваюсь к советам опытных мастеров».

Обращаясь к начинающим специалистам, Жасур Рузимуродович подчеркивает важность такого качества, как терпение: «На мой взгляд, в работе следует поощрять молодых специалистов, ведь начинать – всегда сложно. Кроме того, хотелось бы отметить, насколько важно двигаться вперед и проявлять максимальную выдержку».

Свободное время он предпочитает проводить с семьей и близкими. Это придает ему сил, уверенности и вдохновения. Его девиз по жизни: «Всегда добиваться того, к чему стремишься!».

«Men uchun ishlab chiqarishda eng asosiysi— texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdir!»

Neft-gaz sanoatida eng keng tarqalgan ixtisosliklardan biri–muhandis-texnolog kasbidir. Bunday yo‘nalish insondan yaxshi xotira, diqqat va faol tafakkurni talab etadi. ERIELL Group kompaniyasining Tuman muhandislik-texnologiya xizmati yetakchi muhandis-texnologi –Jasur Ro‘zimurodovich Rezaev #BizningQiyofalar ruknining bugungi qahramoni bo‘ldi.

U 2018 yil oktyabr oyida Kompaniyalar guruhiga kelgan. Bugungi kunda u Tuman muhandislik-texnologiya xizmatining yetakchi texnolog-muhandisi lavozimida ishlaydi. Jasur Ro‘zimurodovich neft va gaz qazib olish uskunalari va tizimlarni ishlab chiqarish, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga mas'uldir. Uning asosiy vazifasi– quduqlarni burg‘ulashning muvaffaqiyatli natijasidan iborat.

«Mening asosiy vazifam – ishlab chiqarish ob'ektlarini quduqlarni xavfsiz burg‘ulash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta'minlashdir. Shuningdek, muammolarni hal etish, murakkab va kutilmagan vaziyatlarga moslashish, boshqa xodimlar bilan samarali aloqani qo‘llab-quvvatlash va eng muhimi ishlab chiqarish jarayonidan foydalanishni to‘g‘ri aniqlab olish hamda asbob-uskunalarning optimal ishlash tartibini tanlab olish qobiliyati ham ishda birinchi darajali hisoblanadi», – deydi Jasur Rezaev.

Mutaxassisning kompaniyada ishlab orttirgan eng qimmatli narsasi-kasbiy tajriba va qiyin vaziyatlardan chiqish qobiliyatidir: «Ishlab chiqarishda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Kutilmagan vaziyatlar ham yuz beradi. Bunday hollarda hayotiy va kasbiy tajribamga tayanaman, shuningdek, tajribali ustalarning maslahatlariga quloq tutaman».

Yangi boshlayotgan mutaxassislarga murojaat qilar ekan, Jasur Ro‘zimurodovich sabr-toqat kabi fazilatning muhimligini ta'kidlab o‘tadi: «Menimcha, ishda yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish zarur, chunki boshlash-doim qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, oldinga intilish va imkon qadar matonat ko‘rsatish muhimligini ta'kidlashni istardim».

U bo‘sh vaqtini oilasi va do‘stlari bilan o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bu unga kuch, ishonch va ilhom bag‘ishlaydi. Uning hayotdagi shiori: «Har doim intilayotgan narsangga erish!».