November 24, 2022

Специалисты ERIELL проходят курсы ННБ

Специалисты ERIELL проходят курсы ННБ

Курсы по основам наклонно-направленного бурения проходят специалисты ERIELL Group 21-29 ноября в корпоративном образовательном центре ERIELL prof education в Ташкенте.

На этот раз обучение организовано для 13 молодых специалистов Службы наклонно-направленного бурения (ННБ) Группы компаний.

В программу семидневного интенсивного курса вошли ряд направлений и дисциплин. В их числе: основы тригонометрии, планирование траектории скважины, методы подсчета замеров, принципы работы телеметрии, расчёты гидравлики и другие.

Тренером курса является Алишер Юлдашев, Координатор Службы ННБ. Им, в частности, успешно освоены такие специальные программные продукты, как CGG Humpson Russell, Schlumberger Petrel, Schlumberger Techlog, Autodesk. В качестве модератора он уже не впервые передает знания своим коллегам.

По итогам обучения будут проведены экзамены, которые покажут результативность усвоения необходимых знаний и навыков.

ННБ является перспективным и постоянно развивающимся методом строительства скважин. Его применение дает возможность ориентироваться в пространстве на труднодоступных участках, где затруднено или невозможно применение вертикального бурения. Таким образом, ННБ помогает эффективному освоению новых нефтяных и газовых месторождений, увеличению нефтегазоотдачи пластов.

ERIELL mutaxassislari QYB kurslarida o‘qitildi

ERIELL Group mutaxassislari joriy yilning 21-29 noyabr kunlari Toshkentdagi ERIELL prof education korporativ ta'lim markazida qiya-yo‘naltirilgan burg‘ulash asoslari bo‘yicha kurslarda o‘qitildi.

Bu galgi o‘qitish kompaniya guruhlarining qiya-yo‘naltirilgan burg‘ulash (QYB) xizmatining 13 nafar yosh mutaxassislari uchun tashkil etildi.

Yetti kunlik intensiv kurs dasturiga bir qator yo‘nalishlar va fanlar kiritilgan. Ular orasida trigonometriya asoslari, quduqlar traektoriyasini rejalashtirish, o‘lchovlarni sanab chiqish usuli, telemetriya ishlari prinsiplari, gidravlika hisob-kitoblari va boshqalar o‘rin olgan.

QYB xizmati muvofiqlashtiruvchisi Alisher Yo‘ldoshev kurs murabbiyi bo‘ldi. Xususan, u CGG Humpson Russell, Schlumberger Petrel, Schlumberger Techlog, Autodesk kabi maxsus dasturiy mahsulotlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan. U moderator sifatida hamkasblari bilan birinchi marta bilim almashayotgani yo‘q.

O‘qitish yakunlariga ko‘ra zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish samaradorligini ko‘rsatadigan imtixonlar o‘tkaziladi.

QYB quduqlarni qurishda eng istiqbolli va doimiy ravishda rivojlanib borayotgan usuli hisoblanadi. Uning qo‘llanilishi vertikal burg‘ulashdan foydalanish qiyinchilik tug‘dirgan yoki kirib borish imkonsiz bo‘lgan maydonlar makonida harkatlanish imkonini beradi. Shu tariqa, QYB yangi neft va gaz konlarini samarali o‘zlashtirish, qatlamlardan neft-gaz olishni oshirishga yordam beradi.