August 18

Горный бальзам, о котором писали аль-Бируни и Авиценна

Горный бальзам, о котором писали аль-Бируни и Авиценна

Говоря о нефти, нельзя не упомянуть о ее твёрдых «родственниках» или смолоподобных продуктах. Когда нефть просачивалась на поверхность сквозь трещины в земле, она пропитывала коренные породы и почву, затем застывала и твердела. К таким углеводородным продуктам относят горную смолу или горный воск, именуемый также «горным бальзамом», – мумиё.

Еще в древности жители Средней Азии находили в горных ущельях и пещерах, на обрывах берегов рек это загадочное вещество, непохожее на обычные камни. Его они широко применяли в своей повседневной жизни.

Великий ученый аль-Бируни в книге «Собрание сведений для познания драгоценностей. Минералогия», написанной в 1048 году, посвятил горному воску целую главу: «Горная смола (мумиё) в некоторых отношениях соответствует амбре и ароматическим смолам и заслуживает того, что мы ее храним ради ее ценности и для оказания помощи тому, у кого в теле сломается какая-нибудь кость», – пишет аль-Бируни в книге.

Его современник, величайший ученый средневековья Авиценна (Абу Али ибн Сина) также отметил качества «горного воска» в своем труде «Канон врачебной науки». Он рекомендовал мумиё «по 0,071 г с соком майорана для лечения таких заболеваний, как мигрени, гнойные воспаления среднего уха, переломы костей, вывихи, ушибы, ранения; при параличе лицевого нерва - по 0,035 г мумиё в смеси с розовым маслом и с кислым виноградным соком».

Сегодня экспериментально подтверждено, что мумиё обладает возможностью действовать по типу антибиотиков: в растворе горного бальзама погибают стафилококки и многие другие патогенные бактерии. Об этом, в частности, пишет П. Захаров в своей статье «Мумиё в онкологии: за и против». В составе мумиё обнаружены микроэлементы, 10 окисей металлов, 6 аминокислот, ряд витаминов (особенно витамины группы В), пчелиный яд, эфирные масла.

Al-Beruniy va Ibn Sino yozgan tog‘ malhami haqida

Neft' haqida so‘z borganda, uning qattiq “qarindoshlari” yoki saqichga o‘xshash mahsulotlarini eslab o‘tmaslik mumkin emas. Neft' yerdagi yoriqlar orqali yer yuzasiga oqib chiqqan vaqtda, u tog‘ jinslari va yerlarning tubini to‘yintirgan, keyin qotib qolgan va qattiqlashgan. Bunday uglevodorod mahsulotlariga «tog‘ malhami» – mo‘miyo deb ataladigan tog‘ qatroni yoki tog‘ mumi ham kiradi.

Hatto qadimgi davrlarda ham O‘rta Osiyo aholisi oddiy toshlardan farqli o‘laroq, bu tabiiy moddani tog‘ daralari va g‘orlarda, daryo qirg‘oqlaridagi qoyalardan topardi. Ular uni o‘zlarining kundalik hayotlarida keng qo‘llagan.

Buyuk olim Al-Beruniy 1048 yilda yozilgan «Qimmatbaho toshlarni anglash bo‘yicha ma'lumotlar to‘plami. Mineralogiya» kitobida butun boshli bobni tog‘ mumiga bag‘ishlagan: «Tog‘ qatroni (mo‘miyo) ba'zi jihatdan anbar va hushbo‘y saqichga mos keladi va biz uni qimmatbaholigi hamda tanasida qaysidir suyagi singan insonga yordam berish uchun saqlashimizga loyiqdir», – deb yozadi Al-Beruniy kitobida.

Uning zamondoshi, o‘rta asrning buyuk olimi Avisenna (Abu Ali Ibn Sino) o‘zining “Tib qonunlari” asarida ham tog‘ mumining sifatlarini ta'kidlab o‘tgan. U migren', o‘rta quloqning yiringli shamollashi, suyak sinishi, chiqishi, lat yeyishi kabi jarohatlarni davolashda 0,071 g mumiyoni mayoran sharbati bilan, yuz nervi falajida 0,035 g mumiyoni atirgul yog‘i va nordon uzum sharbati bilan ichishni tavsiya qilgan.

Bugungi kunda mumiyolar antibiotiklar turi bo‘yicha qo‘llanilish qobiliyatiga ega ekanligi eksperimental ravishda tasdiqlangan:tog‘ malhami eritmasida stafilokokklar va boshqa patogen bakteriyalar nobud bo‘ladi. Bu haqida xususan, P.Zaxarov o‘zining “Onkologiyada mumiyo: ijobiy va salbiy tomonlari” mavzusidagi maqolasida yozadi. Mumiyo tarkibida mikroelementlar, 10 ta metall oksidlari, 6 ta aminokislotalar, qator vitaminlar(ayniqsa V vitaminlar guruhi), asalari zahari va efir moylari borligi aniqlangan.