July 25, 2022

ERIELL: Меры по промышленной безопасности на месторождении «Мустакилликнинг 25 йиллиги» дают результаты

ERIELL: Меры по промышленной безопасности на месторождении «Мустакилликнинг 25 йиллиги» дают результаты

Представители ERIELL Group приняли участие в совместном совещании, организованном компанией Surhan Gas Chemical по вопросам промышленной безопасности, охраны труда и охраны окружающей среды (ПБ, ОТ и ООС).

ERIELL Group является Генеральным подрядчиком по освоению месторождения «Мустакилликнинг 25 йиллиги» заказчика Surhan Gas Chemical.

В ходе совещания нефтесервисной компанией были предоставлены данные по реализации, со своей стороны, мер по ПБ, ОТ и ООС в ходе ведения работ на «М-25».

В частности, количество проведенных в I полугодии текущего года проверок по данным направлениям со стороны ERIELL составило 1616. При этом, сделанные в ходе проверок замечания были полностью учтены, недочёты – устранены.

Основным показателем эффективности проводимой ERIELL на «М-25» работы по промышленной безопасности и охране труда является полное отсутствие в январе-июне текущего года несчастных случаев.

Прежде всего, достижение нулевого показателя по числу несчастных случаев является результатом системной работы по проведению тренингов среди вахтовиков ERIELL для доведения навыков по ПБ, ОТ и ООС до автоматизма.

Так, за отчетный период нефтесервисной компанией организовано проведение 450 учебно-тренировочных занятий для своих сотрудников. Из них 240 – по оказанию первой доврачебной помощи при выбросах на буровой, 210 занятий – оказанию такой помощи при пожарах.

Что касается исполнения нормативов по охране окружающей среды, то здесь в протоколе от 14 января 2022 года был принят ряд конкретных решений. В рамках их реализации, Группой компании, в частности, обеспечены своевременные поставки гидроизоляционных материалов для предотвращения нарушений, связанных с гидроизоляцией шламбовых амбаров.

ERIELL на совещании также были приведены данные выполнения плановых показателей по обучению персонала, работающего на «М-25». В частности в январе-июне обучение на курсе «Безопасное проведение работ по освоению и испытанию скважин» прошли 46 человек, на курсе «Безопасное ведение работ на объектах с высоким содержанием сероводорода» - 76 человек.

В ходе совещания обсуждены и планы проведения работ по вопросам промышленной безопасности, охраны труда и охраны окружающей среды на второе полугодие 2022 года.

ERIELL: “Mustaqillikning 25 yilligi” konida sanoat xavfsizligi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natija bermoqda

ERIELL Group vakillari Surhan Gas Chemical kompaniyasi tomonidan sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkil etilgan qo‘shma yig‘ilishda ishtirok etdi.

ERIELL Group buyurtmachi Surhan Gas Chemical kompaniyasining “Mustaqillikning 25 yilligi” konini o‘zlashtirish loyihasi Bosh pudratchisi hisoblanadi.

Yig‘ilish davomida neft konlariga xizmat ko‘rsatish kompaniyasi tomonida “M-25” konida olib borilayotgan ishlar davomida sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, joriy yilning birinchi yarmida ERIELL Group tomonidan mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlari soni 1 616 tani tashkil etgan. O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida davomida bildirilgan eslatmalar to‘liq inobatga olinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etildi.

ERIELL Group tomonidan “M-25” konida sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofazasi bo‘yicha olib borayotgan ishlar samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sifatida joriy yilning yanvar-iyun oylarida baxtsiz hodisalar umuman ro‘y bermaganini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Avvalo, baxtsiz hodisalar soni bo‘yicha nol ko‘rsatkichining qayd etilgani ERIELL tomonidan smena ishchilari o‘rtasida sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish ko‘nikmalarini chuqur singdirishga qaratilgan treninglar o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli ishlarning natijasidir.

Hisobot davrida kompaniya xodimlari uchun 450 ta o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ulardan 240 tasi - burg‘ulash uskunasida zararli moddalarning chiqishi vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, 210 tasi - yong‘in sodir bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish standartlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ushbu yo‘nalishda 2022 yil 14 yanvardagi bayonnomaga ko‘ra bir qator aniq qarorlar qabul qilingan. Ularni amalga oshirish doirasida Kompaniyalar guruhi tomonidan bir qator ishlar qilingan, jumladan, qazish ishlari natijasida yuzaga keladigan chiqindilarni to‘plash va saplash uchun mo‘ljallangan inshootlarninng gidroizolyatsiyasi bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kelmasligi uchun gidroizolyatsiya materiallarini o‘z vaqtida yetkazib berish ta’minladi.

Yig‘ilishda “M-25” konida ishlayotgan kadrlarni o‘qitish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham taqdim etildi. Jumladan, yanvar-iyun oylari davomida “Quduqlarni o‘zlashtirish va sinovdan o‘tkazish ishlarini xavfsiz bajarish” kursida 46 nafar xodim, “Serovodorod miqdori ko‘p bo‘lgan obyektlarda ishlarni xavfsiz bajarish” kursida 46 nafar xodim ishtirok etdi.

Yig‘ilishda 2022-yilning ikkinchi yarmida sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalari ham muhokama qilindi.