August 22

Деятельность профсоюза ERIELL Group в поддержке детей сотрудников

Деятельность профсоюза ERIELL Group в поддержке детей сотрудников

В Узбекистане испокон веков забота о семье и детях была важным приоритетом и доброй традицией. И в современных реалиях профсоюз ERIELL Group демонстрирует выдающийся пример социальной ответственности. Одним из ключевых направлений его деятельности является поддержка детей сотрудников, что подчеркивает приверженность компании к созданию благоприятных условий для своих работников и их семей.

Летний период 2024 года стал особенно значимым для профсоюза. В рамках программы по оздоровлению детей сотрудников Группы компаний было организовано отправление в общей сложности 322 детей в детские оздоровительные лагеря (ДОЛ). Это не только возможность для ребят провести время на свежем воздухе, но и шанс завести новых друзей, расширить кругозор и получить новые впечатления.

Особое внимание было уделено детям из Республики Каракалпакстан, где 34 ребенка получили возможность отправиться в ДОЛ. Этот шаг свидетельствует о том, что профсоюз стремится охватывать все регионы, где работают сотрудники Группы компаний, и заботится о каждом ребенке, в том числе из отдаленных областей страны.

Важность таких инициатив трудно переоценить. Летние лагеря предоставляют детям не только возможность отдохнуть и развлекаться, но и развивать свои навыки, заниматься спортом и участвовать в творческих мероприятиях. Это время, когда они могут отвлечься от повседневных забот и насладиться свободой, общаясь с ровесниками.

Профсоюз ERIELL Group не только создает условия для отдыха и оздоровления детей, но и активно работает над формированием крепкой социальной среды внутри компании. Забота о семье сотрудников укрепляет корпоративный дух и способствует повышению лояльности работников, что, безусловно, отражается на общей атмосфере в коллективе.

ERIELL Group kasaba uyushmasining xodimlarning farzandlarini qo'llab-quvvatlash borasidagi faoliyati

O’zbekistonda azaldan oila va farzandlarga g’amxo’rlik qilish muhim ustuvor yo’nalish va yaxshi an’ana bo’lib kelgan. Zamonaviy hayotda ham ERIELL Group kasaba uyushmasi ijtimoiy mas’uliyatning ajoyib namunasini namoyish qiladi. Xodimlarning farzandlarini qo’llab-quvvatlash faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu kompaniyaning o’z xodimlari va ularning oila a’zolari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga bo’lgan sodiqligini ta’kidlaydi.

2024 yilning yoz mavsumi kasaba uyushmasi uchun ayniqsa ahamiyatli bo’ldi. Kompaniyalar Guruhi xodimlarining farzandlarini sog’lomlashtirish dasturi doirasida jami 322 nafar bola bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga (BSO) yuborildi. Bu bolalar uchun nafaqat toza havoda vaqt o’tkazish, balki yangi do’stlar orttirish, dunyoqarashini kengaytirish va yangi taassurotlarga ega bo’lish imkoniyati hamdir.

Ayniqsa BSOga borish imkoniyatini qo’lga kiritgan 34 nafar Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelgan bolalarga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu qadam kasaba uyushmasining Kompaniyalar Guruhi xodimlari ishlaydigan barcha hududlarni qamrab olishga intilayotganidan va har bir bola, jumladan, mamlakatimizning chekka hududlaridagi bolalar haqida qayg’urishidan dalolat beradi.

Bunday tashabbuslar muhim ahamiyatga ega. Yozgi oromgohlar bolalarga nafaqat dam olish va vaqtichog’lik qilish, balki o’z mahoratini rivojlantirish, sport bilan shug’ullanish va ijodiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini ham taqdim etadi. Bu ularning har kungi tashvishlardan chalg’ish va tengdoshlari bilan muloqot qilgan holda erkinlikdan rohatlanish vaqtidir.

ERIELL Group kasaba uyushmasi nafaqat bolalarni dam olishi va sog’lomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, balki kompaniya ichida mustahkam ijtimoiy muhitni shakllantirish ustida ham faol ish olib boradi.  Xodimlarning oilasi haqida qayg’urish korporotiv ruhni mustahkamlaydi va ishchilarning sodiqligini oshirishga yordam beradi. Bu shubhasiz, jamoadagi umumiy muhitga ta’sir ko’rsatadi.