June 14

ERIELL Group: 20 yil taraqqiyot va yuqori standartlar 

ERIELL Group: 20 yil taraqqiyot va yuqori standartlar

2024 yil 14 iyun – ERIELL Group taqvimida alohida sana. Shu kuni Kompaniyalar guruhi 20 yillik yubileyini nishonlaydi. 20 yillik taraqiiyot, o’sish, muvaffaqiyat va g’alabalar. Shu ulkan davr ichida Kompaniyalar guruhi neftservis bozorida yetakchi ishtirokchilardan biri sifatida o’zini namoyon etishga muvaffaq bo’ldi. 2004 yilda tashkil etilgan ERIELL kichik korxonadan yer sharining turli mintaqalarida faoliyat yuritayotgan dunyoga mashhur guruhga aylanguncha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.

Faoliyatining dastlabki kunlaridan ERIELL Group ilg’or texnologiyalar va sifat standartlarini joriy etishga intildi, bu esa unga turli xil sharoitlarda murakkab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berdi.

Hammasi qanday boshlandi

ERIELL Group tarixi 2004 yildan boshlangan. Bir nechta sodiq va maqsadga intililuvchi mutaxassislar o’z oldilariga neft-servis sohasida innovatsiyalar va professionalizm namunasi bo’ladigan kompaniyani yaratish vazifasini qo’ydilar. Bitta “Uralmash” 3D burg’ilash qurilmasidan boshlagan kompaniya yillar o’tishi bilan o’z salohiyatini ishonch bilan kengaytirgan holda tajriba orttirdi. Bugun ERIELL Group — bu neft va gaz konlarini nafaqat O’zbekistonda, balki mamlakat tashqarisida ham faol ishlab chiqayotgan xalqaro neft servis guruhidir. Ilg’or texnologiyalar va yuqori sifat standartlaridan foydalanish uning tashrif qog’oziga aylandi.

O’zini ishonchli hamkor sifatida ko’rsatgan ERIELL Group uzoq yillardan buyon “O’zbekneftgaz” AJ, Surhan Gas Chemical Operating Company, Gazli Gas Storage, Uz-Kor Gas Chemical, Natural Gas Stream, Sanoat Energetika Guruhi kabi kompaniyalarning yirik loyihalarida Bosh pudratchi vazifasini bajarib kelmoqda. Kompaniyalar guruhi mutaxassislari shuningdek, Iroq va Bangladesh Respublikasida ishlab, yuqori professionallik va ishga fidoyilikni namoyish etishmoqda.

ERIELL Group Texnika parki 53 ta burg’ulash qurilmasini o’z ichiga olgan bo’lib, ularga 675 tonnagacha yuklarni ko’taruvchi o’ta og’ir qurilma, 2 ta eshelonli, 26 ta mobil, 7 ta yukko’targich, 15 ta statsionar kiradi.

ERIELL Group ekstremal sharoitlarda, O’zbekistonda va Iroqda +50⁰ C dan yuqori bo’lgan haroratlarda, shuningdek, anomal yuqori yoki past qatlam bosimlarida ishlashga qodir. Kompaniya o’ta chuqur quduqlarni burg’ilaydi, sho’r va angidridli qatlamlardan o’tadi, burg’ulash eritmasi qisman yoki to’liq shimilgan zonalarida ish olib boradi.

Innovatsiyalar va yutuqlar

Energiya resurslariga bo’lgan ehtiyoj doimiy ravishda o’sib borayotgan, neft-gaz qazib olishning zamonaviy darajasi sharoitlarida innovatsion yondashuvlar birinchi o’ringa chiqadi, jasur va standart bo’lmagan qarorlar qabul qilinadi. ERIELL Group muvaffaqiyatli ishlash, jumladan, ko’p yillar oldin hisobdan chiqarilgan quduqlarni tiklash uchun barcha zarur resurslar va bilimlarga ega. Bugungi kunda Kompaniyalar guruhining sa’y-harakati bilan qurib qolgan deb topilgan yuzlab quduqlar muvaffaqiyatli tiklandi. Mutaxassislar o’z mehnati bilan o’n yillik bekor turib qolishdan so’ng sanoat gaz va neft oqimlari erilishiga muvaffaq bo’ldilar. Bu esa sanoat, qishloq xo’jaligi va hayot sifatini yaxshilash uchun zarur bo’lgan qo’shimcha energiya resurslariga ega bo’lish imkoniyatini taqdim etdi.

ERIELL Group o’zining faoliyati davomida 15 million metrdan ortiq tog’ jinslarini burg’iladi va 4 mingdan ziyod quduqlarning qurilishini yakunladi. 2023 yilda O’zbekiston hududida 290 ming metr uzunlikdan ortiq tog’ jinslari burg’ulandi va 40 dan ortiq quduqlarning qurilishini yakunladi, bunda tijoriy burg’ilash tezligi oyiga 597 stni tashkil etdi.

Xodimlar asosiy boylik sifatida

Yuqori malakali mutaxassislar jamoasi – ERIELL muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri. 20 yil ichida o’z sohasida chuqur bilim va boy tajribaga ega bo’lgan o’ziga xos professionallar jamoasi yaratildi. Xodimlarni doimiy ravishda o’qitish va malakasini oshirish Kompaniyalar guruhiga innovatsion yechimlarni joriy etish va jaxon bozorida yuqori raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolish imkonini beradi.

Har bir xodimning sa’y-harakati ERIELL Groupning uzluksiz rivojlanishiga yordam berib, nafaqat mamlakatga, balki jamiyatga ham foyda keltiradi.

2022 yildan boshlab ERIELL Groupda xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va intellektual huquqlarini himoya qilish uchun tuzilgan kasaba uyushmasi qo’mitasi faoliyat yuritadi. Bugun tashkilot a’zoligida 4262 kishi bor. Kasaba uyushmasi ishchilar huquqlarini nafaqat himoya qilish, balki oilalariga yordam ko’rsatib, farzandlarini yozgi sog’lomlashtirish oromgohlariga yuborish, O’zbekistonning qadimiy shaharlari bo’ylab ekskursiyalarni muntazam uyushtirish orqali qo’llab-quvvatlashga harakat qiladi.

Vaxtada ishlaydigan xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Atrofi tog’lar, cho’l qumlari yoki tropiklardan iborat bo’lgan Kompaniyalar guruhining uzoqdagi obyektlarida har bir xodim o’zini xavfsizlika va qulaylikda his etishi lozim. ERIELL Group joyning o’ziga xos xususiyatlari, relyefi va tabiiy sharoitlarini hisobga olgan holda xalqaro standartlardagi vaxta shaharchalarini qurgan holda mehnat sharoitlarini doimiy yaxshilab boradi. Barchasi ikir-chikirigacha: yashash va muvozanatlashgan ovqatlanishdan dam olish, vaqt o’tkazish va gigiyena sharoitlarigacha o’ylangan.

Ezgu ishlar an’anasi

ERIELL Group nafaqat neft-servis sohasidagi yetakchilardan biri, balki katta qalbga ega guruhhamdir. Ko’p yillar mobaynida u muhtojlarga yordam berib keladi. Uy shinamligi va oilaviy iliqlikdan mahrum bo’lgan bolalarga a’lohida e’tibor qaratiladi. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan jismoniy imkoniyati cheklangan kichkintoylar uchun ERIELL Group bayramlar va tadbirlar o’tkazadi, ularning yashashi uchun shinam va qulay makon yaratadi, bolalar uylarini obod qiladi va yosh avlodning salomatligini davolash va mustahkamlashga mablag’ ajratadi.

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga-alohida hurmat va ehtirom ko’rsatadi. Har yili Xotira va qadrlash kuni arafasida ERIELL Group vakillari faxriylar xolidan xabar oladi, ular uchun tantanali tadbirlar uyushtiradi, sovg’alar va iliqlik tortiq qiladi.

Salomatlik yo’lida

ERIELL kompaniyalar guruhi o’z xodimlari va O’zbekiston fuqarolariga alohida e’tibor bergan holda sog’lom turmush tarzini targ’ib qiladi. “Humo” xokkey va “Surxon” futbol klublarining Bosh hamkori hisoblangan kompaniya ko’plab sport tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi. ERIELL Group mutaxassislari turli marafonlarda va ERIELL Cup mini futbol bo’yicha turniri kabi sport musobaqalarda g’ayrat bilan ishtirok etadi.

Muvaffaqiyatlarimiz:

  • ERIELL Cup futbol turniri
  • SKY CAMP BO’STONLIQ
  • Samarkand Half Marathon
  • Duatlon bo’yicha O’zbekiston chempionati 2022

Hududlarniko’kalamzorlashtirish – ekologikvaziyatniyaxshilash

Atrof-muhitga g’amxo’rlik qilish – ERIELL Group faoliyatni bu siz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbekistonning boy tabiati va xilma-xilligini saqlash hamda ko’paytirish ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya sifatidagi guruhning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. ERIELL Group muvozanatni tiklash va ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida tashil etilgan ko’kalamzorlashtirish va daraxt ekish tadbirlarida zo’r ishtiyoq bilan ishtirok etadi. Kompaniyalar guruhining sa’y-harakati bilan respublika bo’ylab minglab daraxt va butalar ekish joylarida mustahkam ildiz otib, birinchi mevalarini bermoqda va havoni tozalamoqda.

Loyihalarimiz:

  • Qarshi shahridagi mehribonlik uyi hududida daraxtlar ekish
  • Toshkent va Qarshida 220 ta daraxtlar ekish bo’yicha ekoaksiya
  • “Boysun” ICHTBda 2 mingdan ortiq ko’chatlar ekish
  • “Beshkent”, “Qandim”, “Qo’ng’irot” ICHTB va “Gazli” VSO hududlarini ko’kalamzorlashtirish
  • ERIELL Guruhi tomonidan 2 mingta ko’chat sotib olish va ekish bilan “Orol dengizidagi bog’im” aksiyasida ishtirok etish

Madaniy meros – O’zbekiston tarixi boyligi

O’zbekistonning ming yillik o’tmishi – butun dunyodan olimlar va sayyohlarni jalb etuvchi boylik. Mamlakat tarihi, me’morchiligi, qadimiy imoratsozlarining hunarlari, o’ziga xos an’analari va mahalliy xalqlar san’ati asrash va ommalashtirishga arziydi. ERIELL Group noyob madaniy boyliklarni o’rganish va keng yoyilishini qo’llab-quvvatlagan holda “O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” loyihasiga homiylik qiladi, Kompaniyalar guruhining qo’llab-quvvatlashi tufayli chet el davlatlarida madaniy tadbirlar o’tkazildi, ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda qadimiy qo’lyozmalarning noyob faksimile nusxalari chop etildi. Bularning barchasi O’zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy eksponatlari, rasmlari va boshqa boyliklarini asrab qolishga yordam berdi.

Ta’kidlash lozimki, 2022 yilda O’zbekiston madaniy merosini asrash va uni chet elda ommalashtirish bo’yicha sa’y-harakatlari uchun Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashi raisi Baxtiyor Shuxratovich Fozilov Avitsenna nomidagi xalqaro mukofoti laureati bo’ldi.

ERIELL Group ko’magida:

  • “O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” kitob-albomi turkumining 60 jildi nashr qilindi.
  • 400 dan ortiq xorijiy va 300 mahalliy olimlar ishtirokida O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, asrash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyatining 6 ta kongressi o’tkazildi.
  • Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Rossiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda 20 dan ortiq media-iventlar, uchrashuvlar va ijodiy safarlar uyushtirildi.
  • Dunyo muzeylari va kutubxonalarida saqlanayotgan O’zbekiston merosi xazinalari haqida 20 dan ortiq hujjatli filmlar suratga olindi.
  • “Kattalangar Quroni”, “Xusayn Boyqoro devoni”, “Mirojnoma”, “Zafarnoma” va boshqa shu kabi qadimiy qo’lyozmalarning fiksimale nusxalari tayyorlandi va O’zbekistonga qaytarildi.
  • Bokudagi Haydar Aliyev markazida “O’zbekiston madaniy merosi Ozarbayjon to’plamlarida” kitob-albomi tantanali taqdimot qilindi.

Ta’lim olish va doimiy rivojlanish

ERIELL Group mamlakatdagi yetakchi ish beruvchi sifatidagi mas’uliyatini anglagan holda yangi kadrlarning ta’lim olishiga faol sarmoya kiritadi. ERIELL prof education ta’lim markazida mutaxassislar burg’ilashdan tortib xodimlarni boshqarishgacha bo’lgan turli sohalarda o’z malakasini oshirib boradi. Qarshida markaz ochilgan bo’lib, u yerda yosh va tajribali mutaxassislar MBU-160 mobil burg’ilash qurilmasi va boshqa simulyatorlarda o’z malakalarini takomillashtiradi.

ERIELL kompaniyalar guruhi neft servisi sohasida bo’lajak mutaxassislarning kasbiy o’sishida mustahkam asos yaratish uchun yetakchi ixtisoslashgan oliy o’quv yurtlari bilan faol hamkorlik qiladi.

Hamkor dasturlar va OTM bilan hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan oliy o’quv yurtlari talabalari amaliyotni real ishlab chiqarish sharoitlarida o’tashning noyob imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bu bo’lakjak mutaxassislarga zarur bilim va tajribaga ega bo’lish, nazariy bilimlarini kelgusi faoliyatida qo’llashga yordam beradi.

OTMlar bilan hamkorlik doirasida turli ta’lim tadbirlari, jumladan, yetakchi ERIELL.mutaxassislarining seminarlari va ma’ruzalari o'tkaziladi. Bu tadbirlar talabalarga neft-gaz sohasida ishlash talablari va spetsifikasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Yuqorida sanab o’tilganlar tufayli talabalar neft-gaz sohasidagi yetakchi neft servis Kompaniyalar guruhida amaliy ish tajribasnii orttirish imkoniyatiga sazovor bo’ladi. Bu ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi.

Stajirovka vaqtida o’zini ko’rsata olgan eng yaxshi talabalar ERIELL katta jamoasining bir qismi bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Kompaniyalar guruhi soha rivojiga hissa qo’shishga tayyor bo’lgan iste’dodli yosh mutaxassislarni faol izlaydi.

ERIELL Group quyidagi OTMlar bilan hamkorlik qiladi:

  • I.A.Karimov nomidagi Davlat texnika universiteti
  • Qarshi muhandislik-texnika instituti
  • Toshkentdagi Turin politexnika universiteti
  • Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT)

ERIELL Group yubiley yilda yigirma yillik qizg’in ish natijalarini sarhisob qilib, o’z oldiga yangi ulkan maqsadlarni qo’ydi. Kompaniyalar guruhi o’z faoliyat jug’rofiyasini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va zamon talablariga javob beradigan yangi texnologiyalarni joriy etishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, o’zlashtirilgan bozorlarda o’z o’rnini mustahkamlash va yangi bozorlarga chiqishni mo’ljallagan. Bu ERIELLga jadal o’sishi va rivojlanishini davom ettirishga yordam beradi.

20 yil — bu yo’lning faqat boshlanishi. ERIELL Group yangi chaqiriq va g’alabalarga tayyor, kelajakka umid va ishonch bilan qaraydi. Kompaniyalar guruhi mutaxassislari, uning hamkorlari ishonch hosil qilishlari mumkin: ERIELL o’zi mavjud bo’lgan mamlakatlarda neft-gaz sanoatini rivojlantirishga muhim hissa qo’shgan holda sifat, innovatsiya va ishonchililik tamoyillariga amal qilishda davom etadi.