August 1, 2023

Пробурена скважина № 242 «Уртабулак»

Пробурена скважина № 242 «Уртабулак»

На месторождении «Уртабулак» специалистами ERIELL Group закончены работы по бурению скважины № 242, начатые в июне 2023 года. Процесс осуществлялся при помощи буровой установки MR-I-ER 225, под руководством опытных буровых мастеров Обилова М. Ч. и Холматова Б. М.

В настоящее время проводится крепление эксплуатационной колонны диаметром 139,7 мм, которая цементируется в две ступени с использованием муфты ступенчатого цементирования.

Стоит отметить, что скважина пробурена с опережением сроков более чем на 10% благодаря четкой и профессиональной работе буровых мастеров и руководящего состава, в том числе начальника Каршинской экспедиции Ёрхолова А. Д.

ERIELL Group выступает в качестве Генерального подрядчика проекта по освоению месторождения «Уртабулак», Заказчик - Мубарекское нефтегазодобывающее управление (НГДУ).

“O‘rtabuloq” konidagi 242-sonli quduq burg‘ulandi

“O‘rtabuloq” konida ERIELL Group mutaxassislari tomonidan 2023 yilning iyun oyida boshlangan 242-sonli quduqni burg‘ulash bo‘yicha ishlar yakunlandi. Jarayon tajribali burg‘ulash ustalari Obilov M.Ch va Xolmatov B.M rahbarligida MR-I-ER 225 burg‘ulash uskunasi yordamida amalga oshirildi.

Ayni paytda diametri 139,7 mm bo‘lgan ekspluatasion ustunni mahkamlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bunda ustun pog‘onalab sementlash muftasidan foydalangan holda ikki pog‘onali sementlanadi.

Shuni qayd etish kerakki, burg‘ulash ustalarining aniq va professional ishi, shuningdek, rahbarlik qiluvchi tarkibning, jumladan, Qarshi ekspedisiyasining boshlig‘i Yorxolov A.D ning yuqori ish malakasi tufayli quduq belgilangan muddatdan 10 kun oldin burg‘ulandi. Ushbu natijaga erishishda ishni rejalashtirish ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ish boshlanishidan oldin o‘tkazilgan “qog‘ozda burg‘ulash” yig‘ilishi burg‘ulash jarayonini muqobillashtirish va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda yordam berdi.

ERIELL Group “O‘rtabuloq” konini o‘zlashtirish bo‘yicha loyihaning Bosh pudratchisi, Muborak neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi (NGQB) esa buyurtmachisi hisoblanadi. Kondagi ishlar “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda “Uglevodorod hom ashyosini qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.