October 13, 2023

Лучшие условия для жизни - детям

Лучшие условия для жизни - детям

ERIELL Group на протяжении многих лет помогает нуждающимся. Особенно это касается детей с непростой судьбой – тех, кто ежедневно вынужден бороться с врожденными недугами. Им нужны особое внимание, забота, проживание в определенных условиях.

Каждый ребенок приходит в этот мир беспомощным, неприспособленным, уязвимым, а родители дают ему все необходимое, чтобы он рос здоровым и счастливым. Однако, волею судьбы особенные дети зачастую воспитываются в домах-интернатах, работники которых заменяют им семью.

Организация благотворительных мероприятий способствует пониманию, что в этом мире есть люди, готовые прийти на помощь, поддержать, подарить тепло своей души. Так, одним из значимых проектов Группы компаний в рамках социальной ответственности капитальная реконструкция Дома-интерната «Мурувват» №2, расположенного в Алмазарском районе Ташкента.

Здесь живут и учатся дети с отставанием в умственном развитии. В этом году учреждение отмечает свое 60-летие: в 1963 году первые его воспитанники почувствовали здесь тепло и уют – то, что дарит настоящий дом. И сегодня в его стенах растут, развиваются, познают мир, учатся сопереживать, любить, понимать 469 особенных мальчиков и девочек возрастом от 4 до 18 лет. Среди них немало одаренных. Они рисуют, занимаются спортом, вяжут, танцуют и вкусно готовят.

ERIELL Group не осталась в стороне и сделала свой подарок к юбилею дома-интерната – капитальный ремонт учреждения. За три месяца было полностью отремонтировано двухэтажное здание площадью 2200 м², приобретено оборудование для кухни, в том числе установлен один и отремонтировано два промышленных холодильника, отремонтирован один кухонный кондиционер и установлено два кондиционера для детей. Также были закуплены новые пароварка, хлеборезка, картофелечистка и овощерезка.

Увидеть глаза и лица радостных детей, услышать от них слова благодарности – многого стоит. Такие моменты дарят ощущение тепла и важности проделанной работы.

«Наши дети проявляют свои чувства ярко и открыто. Если они счастливы, то глаза их горят, – говорит директор дома-интерната «Мурувват» № 2 Онахон Отабековна Матрасулова. – Спасибо ERIELL Group за помощь. Здание давно нуждалось в капитальном ремонте, а средств для его проведения, сами понимаете, не хватало. Нас поддержала Группа компаний, за что им отдельная особая благодарность. Я уверена в том, что добро вознаграждается. Пусть ваша компания и дальше развивается, расширяется, осваивает новые горизонты. Удачи и успехов вам!».

ERIELL Group осознает важность своей роли в развитии общества и оказании помощи нуждающимся, в связи с чем продолжит оказывать всестороннюю поддержку детским воспитательным учреждениям и другим социально ориентированным организациям.

Bolalar uchun eng yaxshi yashash sharoitlarini yaratish

RIELL Group ko’p yillar mobaynida muhtojlarga yordam berish uchun barcha sa’y-harakatlarini ishga soladi. Bu ayniqsa taqdiri og’ir bo’lgan - har kuni tug’ma kasalligi bilan kurashishga majbur bolalarga aloqador bo’lsa. Chunki, ular alohida e’tibor va g’amxo’rlikka, muayyan yashash sharoitlariga muhtojdirlar.

Har bir bola himoyasiz, nimjon va zaif bo’lib keladi, ota-onalar esa farzandlarining sog’lom va baxtiyor bo’lib o’sishi uchun unga barcha zarur narsalarni beradi. Biroq, taqdir taqozosi bilan ko’pincha alohida e’tiborga muhtoj bolalar oilasi o’rnini bosuvchi internat uylarda tarbiyalanadi.

Xayriya tadbirlarini tashkil etish bu dunyoda yordam berish, qo’llab-quvvatlash, ko’ngillarga quvonch ulashishga tayyor insonlar borligini anglashga imkon beradi. Shunday qilib, Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan 2-sonli “Muruvvat” internat uyini kapital rekonstruksiya qilish Kompaniyalar guruhining ijtimoiy mas’uliyat doirasidagi ahamiyatga ega bo’lgan loyihalaridan biri bo’ldi.

Bu yerda aqliy rivojlanishdan ortda qolgan bolalar yashaydi va saboq oladi. Bu yil muassasa o’zining 60-yilligini nishonlamoqda: 1963 yilda uning ilk tarbiyalanuvchilari bu yerda haqiqiy uy tortiq etishi mumkin bo’lgan iliqlik va shinamlikni his qildilar. Bugungi kunga kelib esa mazkur muassasada 4 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan 469 nafar alohida e’tiborga muhtoj o’g’il va qizlar o’sib-ulg’aymoqda, rivojlanmoqda, hamdard bo’lishni, sevishni, anglashni o’rganmoqda. Ularning orasida iqtidorlilari juda ko’p. Bolalar rasm chizadi, sport bilan shug’ullanadi, raqsga tushadi va mazali taomlar pishiradi.

ERIELL Group kompaniyasi doimgidek chetda turmadi va internat uyining yubileyi sharafiga sovg’a tayyorladi, ya’ni muassasani kapital ta’mirlab berdi. 2200 м² maydonga ega ikki qavatli bino uch oy ichida to’liq ta’mirlandi, oshxona uchun uskunalar sotib olindi, jumladan bitta uskuna o’rnatilib, ikkita sanoat muzlatgichi, bitta oshxona konditsioneri ta’mirlandi. Ikkita konditsioner esa bolalar uchun o’rnatildi. Shu bilan birga bug’da pishirgich, non kesgich, kartoshka tozalagich va sabzavot kesgich kabi oshxona jihozlari xarid qilindi.

Bolalarning baxtiyor yuzlari va hursand ko’zlarini ko’rish, ulardan minnatdorlik so’zlarini eshitish – juda ahamiyatlidir. Bunday lahzalar mehr-muhabbatni his qilish va qilingan ishlarning naqadar muhim ekanligini tushunishga yordam beradi.

“Bolalarimiz o’z his-tuyg’ularini aniq va ochiq nomoyon etadilar. Agar baxtiyor bo’lishsa, ularning ko’zlari chaqnaydi,– deydi 2-sonli “Muruvvat” internat uyi direktori Onaxon Otabekovna Matrasulova. – Ko’rsatayotgan yordami uchun ERIELL Group kompaniyasiga minnatdorlik izhor etamiz. Binoimiz uzoq vaqt davomida kapital ta’mirga muhtoj edi, uni amalga oshirish uchun yetarli mablag’ga ega emas edik. Kompaniyalar guruhi bizni qo’llab-quvvatladi, buning uchun ularga alohida tashakkur. Ishonchim komilki, yaxshilik albatta mukofotlanadi. Kompaniyangiz yanada rivojlansin, kengaysin, yangi ufqlarni kashf etsin. Sizlarga omad va muvaffaqiyatlar tilayman!”.

ERIELL Group jamiyatni rivojlantirish va muhtojlarga yordam ko’rsatishda o’z rolini muhimligini anglaydi. Shu munosabat bilan u bolalar tarbiya muassasalari va boshqa ijtimoiy yo’naltirilgan tashkilotlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashda davom etadi.