August 4

ERIELL: За 2 дня к ЭХЗ подключено 9 скважин

ERIELL: За 2 дня к ЭХЗ подключено 9 скважин

🇷🇺 ERIELL Group в течение 2 дней к средствам электрохимической защиты (ЭХЗ) подключены 9 скважин.

1 августа 2022 года к средствам ЭХЗ подключены №№ 220, 221, 222, 223 и 224 месторождения «Алан» Мубарекского нефтегазодобывающего управления Кашкадарьинской области.

2 августа на месторождении «Зеварды» к средствам электрохимической защиты подключены скважины №№ 316, 319, 320 и 325.

Оба месторождения расположены в Кашкадарьинской области, заказчиком является Мубарекское нефтегазодобывающее управление АО «Узбекнефтегаз».

Добавим, что ERIELL выступает Генеральным подрядчиком по освоению месторождений «Алан» и «Зеварды» в рамках совместной реализации с АО «Узбекнефтегаз» «Программы мер по увеличению добычи углеводородного сырья». Работа по подключению к средствам ЭХЗ ведется в части «Обустройство нефтегазовой инфраструктуры».

Отметим, что электрохимзащита в настоящее время является наиболее качественным средством защиты металлических трубопроводов от коррозии. Проведение ЭХЗ направлено на уменьшение скорости протекания электрохимической коррозии сооружений, изготовленных из металлов. Требование о применении ЭХЗ для нефтегазовых трубопроводов содержится в соответствующих госстандартах.

ERIELL: 2 kun ichida 9 ta quduq EKH vositalariga ulandi

🇺🇿 ERIELL Group tomonidan 2 kun ichida 9 ta quduq elektrokimyoviy himoya vositalariga (EKH) ulandi.

2022-yil 1-avgustda Qashqadaryo viloyati Muborak neft-gaz qazib olish boshqarmasiga qarashli "Alan" konining 220, 221, 222, 223 va 224-sonli quduqlari EKH vositalariga ulandi.

2 avgust kuni "Zevardi" konining 316, 319, 320 va 325-sonli quduqlari elektrokimyoviy himoya vositalariga ulandi.

Ikkala kon ham Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Loyiha buyurtmachisi — “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neft-gaz qazib olish boshqarmasi.

Eriell kompaniyasi "O‘zbekneftgaz" AJ bilan hamkorlikda ”Uglevodorod xom-ashyosini qazib olishni ko‘paytirish chora-tadbirlari dasturi”ni amalga oshirish doirasida "Alan" va "Zevardi" konlarini o‘zlashtirish loyihasining Bosh pudratchisi hisoblanadi. EKH vositalariga ulanish bo'yicha ishlar "Neft va gaz infratuzilmasini obodonlashtirish" qismida amalga oshirilmoqda.

Ta'kidlab o'tish lozimki, elektrokimyoviy himoya hozirgi vaqtda metall quvurlarni korroziyadan himoya qilishning eng yuqori sifatli vositasi hisoblanadi. EKH vositalariga ulash ishlari metall konstruksiyalarning elektrokimyoviy korroziyasi tezligini kamaytirishga qaratilgan. Neft va gaz quvurlari uchun EKH vositalaridan foydalanish talabi tegishli davlat standartlarida ko'rsatilgan.