June 10, 2022

ERIELL: На «Зеварде» подключили газопровод в течение суток

ERIELL: На «Зеварде» подключили газопровод в течение суток

ERIELL Group на месторождении «Зеварда» (Кашкадарьинская область) 2 июня 2022 года введена в эксплуатацию скважина №316. При этом выполнено строительство газопровода-шлейфа диаметром 168х8 мм и протяженностью 1,3 км.

Ввод с подключением газопровода осуществлён на следующий день после завершения строительства скважины силами Бухарской экспедиции ERIELL. Тогда, 1 июня т. г., в результате проведения ряда работ, в том числе СКО (соляно-кислотная обработка), дебит полученного притока газа составил 76 тыс. кубометров в сутки.

Добавим, что ERIELL выступает Генеральным подрядчиком проекта по освоению месторождения «Зеварда», заказчиком которого является Мубарекское нефтегазодобывающее управление (НГДУ).

Работа по строительству и введению в эксплуатацию новых скважин ведется компанией в рамках реализации совместно с АО «Узбекнефтегаз» «Программы мер по увеличению добычи углеводородного сырья» в части «Обустройство нефтегазовой инфраструктуры».

ERIELL: «Zevarda»da bir kun ichida gaz quvuri ulandi

ERIELL Group kompaniyasi tomonidan 2022 yilning 2-iyunida “Zevarda” konida (Qashqadaryo viloyati)№316-sonli quduq foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, diametri 168x8 mm va uzunligi 1,3 km bo‘lgan gaz quvuri-shlefining qurilishi nihoyasiga yetkazildi.

Gaz quvurini ulash bilan ishga tushirish ERIELL kompaniyasining Buxoro ekspedisiyasi kuchlari tomonidan quduq qurilishi yakunlangandan keyingi kun amalga oshirildi. Shundan so‘ng, joriy yilning 1 iyunida bir qator ishlar, shu jumladan, XKI (xlorid kislota bilan ishlov berish) natijasida olingan gaz oqimining debiti sutkasiga 76 ming kub metrni tashkil etdi.

Shuni qo‘shimcha qilishimiz kerakki, ERIELL buyurtmachi Muborek neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi (NGDU) bo‘lgan «Zevarda» konini o‘zlashtirish loyihasining Bosh pudratchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Kompaniya tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamkorlikda «Uglevodorod xom-ashyosini qazib olishni ko‘paytirish chora-tadbirlari dasturi»ni amalga oshirish doirasida «Neft va gaz infratuzilmasini jihozlash» qismida yangi quduqlarni qurish va ishga tushirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.