February 1

#ERIELLLadies: в кадре - Замира Махмудова

#ERIELLLadies: в кадре - Замира Махмудова


Героиня, о которой мы хотим рассказать сегодня — специалист по работе с персоналом Замира Маруфджановна Махмудова.

Свою трудовую деятельность в ERIELL Замира Маруфджановна начала в январе 2019 года с должности специалиста по подбору персонала в РФ — по заявкам российских коллег она подбирала людей и организовывала их отправку в Россию (Нижневартовск, Новый Уренгой).

«Карьера развивалась успешно. В начале было сложно, но я влилась в эту работу. В конце 2020 года руководство отправило меня в город Карши уже специалистом по работе с персоналом».

В обязанности Замиры Махмудовой входит ведение организационной и распорядительной документации по персоналу и администрирование процессов и документооборота по учёту и движению кадров.

По словам нашей героини, работая в компании, она обрела возможность использовать свои навыки, хорошо выполнять работу, получать признание коллектива и руководства.

«Я занимаюсь любимым делом и получаю от этого удовольствие, это так ценно. Люблю свою работу и наш дружный коллектив. Здесь я заряжаюсь положительными эмоциями, а мои знания и опыт растут. Мечтаю и дальше развиваться, и достичь ещё больших высот, ведь человек должен неустанно совершенствовать свои навыки на протяжении всей жизни».

Но это не единственное, что радует Замиру. Самое важное для неё, конечно же, семья.
«Для меня главное в жизни — семья, забота и внимание любимого человека и здоровье близких. Это дарит ощущение счастья и наполненности жизни».

Нашу героиню также вдохновляет страсть к кулинарии — в свободное время она любит готовить и изобретать новые рецепты, чем радует свою дружную семью. А ещё у неё есть заветная мечта — объездить весь мир. И мы не сомневаемся, что у Замиры Маруфджановны всё обязательно получится.

#ERIELLLadies: kadrda Zamira Maxmudova

Bugun hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimiz — xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Zamira Marufdjanovna Maxmudova.

Zamira Marufdjanovna ERIELLdagi mehnat faoliyatini 2019 yil yanvar' oyida RFda xodimlarni tanlash bo‘yicha mutaxassis lavozimidan boshlagan — rossiyalik hamkasblari talabnomalariga binoan odamlarni tanlab, ularning Rossiya (Nijnevartovsk, Noviy Urengoy)ga jo‘natilishini tashkillashtirardi.

«Xizmat pillapoyasidan muvaqqiyatli ko‘tarilayotgan edim. Avvaliga qiyin bo‘ldi, biroq keyinchalik men ishga kirishib ketdim. 2020 yilning oxirida rahbariyat meni xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis sifatida Qarshi shahriga jo‘natdi».
Zamira Maxmudovaning majburiyatlariga xodimlarga oid tashkiliy va taqsimlash hujjatlarini yuritish, kadrlar hisobini yuritish va ularning harakatlanishi jarayonlari va hujjatlar aylanishini boshqarish kiradi.

Qahramonimizning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada ishlash asnosida u o‘z malakalaridan foydalanish, ishni a'lo darajada bajarish, jamoa va rahbariyat e'tirofini qozonish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

«Men o‘zim sevgan ish bilan shug‘ullanib, bundan zavq olmoqdaman, bu esa naqadar qadrli. O‘z ishim va ahil jamoamizni sevaman. Bu yerda men ijobiy his-tuyg‘ular olaman, shu bilan bir qatorda, bilimlarim va tajribam ham ortib bormoqda. Yanada rivojlanib, yanada yuksak cho‘qqilarga erishishni orzu qilaman, axir inson butun hayoti davomida o‘z malakasini muttasil takomillashtirib borishi lozim».

Bu Zamiraga quvonch bag‘ishlaydigan yagona narsa emas. Uning uchun eng asosiysi, albatta oilasidir.
«Men uchun hayotda eng asosiysi — oilam, sevgan insonimning mehr-e'tibori va yaqinlarim salomatligidir. Bu baxt va to‘la-to‘kis hayot hissini baxsh etadi».

Qahramonimizga shuningdek, turli ovqatlar pishirishga bo‘lgan qiziqishi ilhom beradi — u bo‘sh vaqtida shirin taomlar pishirish va yangi reseptlarni ixtiro qilishni xush ko‘radi va shu bilan ahil oilasini xushnud etadi. Uning eng katta orzusi — butun dunyo bo‘ylab sayohat qilish. Biz esa Zamira Marufdjanovna albatta buning uddasidan chiqishiga zarracha shubha qilmaymiz.