September 19, 2023

ERIELL Group на триатлоне Challenge Samarkand

Спортивный дух ERIELL Group на триатлоне Challenge Samarkand

16 и 17 сентября в туристическом комплексе Silk Road Samarkand прошел Challenge Samarkand - спортивное событие в формате триатлона, организованное в рамках Challenge Family.

Challenge Family - это известный международный бренд, специализирующийся на организации гонок по триатлону различных уровней сложности в 30 странах. Ежегодно более 50 тысяч спортсменов участвуют в соревнованиях Challenge Family по всему миру.

Соревнования по триатлону в Самарканде собрали в своих рядах участников со всего мира, а также сотрудников ERIELL Group.

Группа компаний на протяжении своей деятельности поддерживает спортивные инициативы своих сотрудников, и наши коллеги в очередной раз доказали, что являются мастерами не только в своей деятельности, но и настоящими спортсменами, обладающими всеми качествами победителей.

Представляем наших сильнейших триатлонистов, принявших участие в масштабных соревнованиях:

Насыров Джамол Рустамович, заместитель директора ДМТО, принял участие в велогонке на расстояние 19 км.

Файзиев Азиз Эркинович, руководитель Управления по анализу и эффективности закупок, участвовал в забеге на дистанцию 5 км.

Нуманов Назар Андреевич, руководитель Научно-технического центра, принял участие в заплыве на дистанцию 750 м.

Каждый из участников со стороны Группы компаний показал стремление к высшей точке, драйв и выносливость.
Наши коллеги с гордостью представляли ERIELL Group, заняв почетное седьмое место и продемонстрировав готовность к вызовам любого характера.

ERIELL Group “Challenge Samarkand” triatlonida ishtirok etdi

Joriy yilning 16 va 17 sentabr kunlari “Silk Road Samarkand” turistik majmuasida “Challenge Family” doirasida tashkil etilgan triatlon formatidagi “Challenge Samarkand” sport musobaqasi bo’lib o’tdi.

“Challenge Family” – bu 30 mamlakatda turli qiyinchiliklar darajasidagi triatlon poygalarini tashkil etishga ixtisoslashgan mashhur xalqaro brenddir. Har yili dunyo bo’ylab 50 mingdan ziyod sportchilar “Challenge Family” musobaqalarida ishtirok etadi.

Samarqandda bo’lib o’tgan triatlon bo’yicha musobaqalarda butun dunyodan tashrif buyurgan sportchilar bilan bir qatorda ERIELL Group xodimlari ham qatnashdi. Kompaniyalar guruhi butun faoliyati davomida xodimlarining sportga oid tashabbuslarini qo'llab-quvvatlab keladi, bunga javoban esa hamkasblarimiz nafaqat o’z faoliyatining ustalari, balki g’oliblarga xos bo’lgan barcha fazilatlarga ega haqiqiy sportchilar ekanliklarini bu safar ham isbotladilar.

Keng miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etgan eng kuchli triatlonchilarimizni tanishtiramiz:

MTTD direktori o’rinbosari Nosirov Jamol Rustamovich 19 km masofadagi velopoygada ishtirok etdi

Tahlil va xaridlar samaradorligi boshqarmasining rahbari Fayziyev Aziz Erkinovich 5 km masofaga yugurish musobaqasida qatnashdi

Ilmiy-texnika markazi rahbari No’monov Nazar Andreyevich 750 metrga suzish musobaqasida ishtirok etdi.

Kompaniyalar guruhining har bir ishtirokchisi g’alabaga bo’lgan intilishini, harakatchan va chidamli bo'lishni ko’rsata oldi.

Hamkasblarimiz ERIELL Group kompaniyasi vakili sifatida qatnashib faxrli yettinchi o'rinni egallaganidan va har qanday ko’rinishdagi chaqiriqlarga tayyor ekanliklarini namoyon eta olganliklaridan faxrlandi.