March 17, 2023

Роскошный подарок эмира

Роскошный подарок эмира

ERIELL Group является генеральным спонсором проекта «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира». В книге «Собрание российского этнографического музея» этого проекта есть удивительные факты и необыкновенные сведения о правителях Востока, в частности, о ценных подарках, которыми они одаривали правителей и послов соседних государств.

Бухарский эмир Сайид Абдулла-Ахад Бохадур-хан, как истинный ценитель лошадей, любил преподносить в дар правителям соседних государств парадное конское убранство.

Нередко оно изготавливалось из ценных металлов и камней, которые стоили значительно дороже тех, которые применялись для изготовления ювелирных украшений.

В создании упряжи принимали участие бухарские ювелиры. Предметы украшения лошадей заказывали у лучших городских мастеров из золота и серебра, со вставками из драгоценных и полудрагоценных камней. Вместе с седлами, расписанными в технике лаковой миниатюры, и золотошвейными и вышитыми шелком попонами, подседельниками и наседельниками, они составляли комплект, по стоимости и роскоши нередко значительно превосходящие парадные костюмы высокопоставленных вельмож эмирата.

В Российском этнографическом музее хранятся непревзойденные по красоте и великолепию предметы конского убранства, которые эмир подарил российскому императору Александру III.

О том, какие еще подарки дарили царям эмиры, читайте в книге «Собрание российского этнографического музея» серии «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира», изданной при поддержке ERIELL Group.

Amirning hashamdor sovg‘asi

ERIELL Group “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining bosh homiysi hisoblanadi. Mazkur loyihaning “Rossiya etnografiya muzeyi to‘plami” kitobida Sharq hukmdorlari, xususan, ular tomonidan qo‘shni mamlakat hukmdorlari va elchilariga ulashilgan qimmatbaho sovg‘alar haqida ajoyib dalillar va hayratomuz ma'lumotlar keltirilgan.

Buxoro amiri Said Abdulaxad Bahodirxon otlarning ashaddiy ishqibozi sifatida qo‘shni davlatlar hukmdorlariga hashamdor ot anjomlarini tortiq qilishni yaxshi ko‘rar edi.

Ko‘pincha u qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan bo‘lib, zargarlik taqinchoqlarini yasash uchun kerak bo‘ladigan toshlardan sezilarli darajada qimmat turgan.

Ot abzalini yaratishda Buxorolik zargarlar ishtirok etgan. Bunday bezaklarni oltin yoki kumushdan ishlash uchun shaharlik ustalarga buyurtma berilgan va ular qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Egarlarga turli naqshlar, miniatyuralar chizilib, uning usti va tag qismi uchun maxsus zardo‘zi yopinchiqlar tikilgan.

Bularning barchasi birgalikda amirlik saroyidagi yuqori rutbali amaldorlarning tantana liboslari qimmati va hashamatidan ham yuqori turgan.

Rossiya etnografiya muzeyida amir Rossiya imperatori Aleksandr III ga hadya qilgan, go‘zalligi va ulug‘vorligi bilan ajralib turadigan ot anjomlari saqlanadi.

Amirlar podshohlarga yana qanday sovg‘alar hadya qilgani haqida ERIELL Group ko‘magida chop etilgan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Rossiya etnografiya muzeyi to‘plami” kitobida o‘qing.