February 15

Абсолютный рекорд ERIELL в периметре компании «Газпром Нефть»

Абсолютный рекорд ERIELL в периметре компании «Газпром Нефть»

ERIELL установила абсолютный рекорд среди подрядчиков «Газпром Нефти» на Тазовском месторождении по суммарной длине обсаженной горизонтальной части скважины хвостовиками - 5 547 метров.

При строительстве скважины применяли технологию TAML-1, разработанную российским производителем, предназначенную для ориентирования с высокой точностью при проводке скважин сложного профиля.

Кроме того, данная скважина построена с рекордным показателем суток/1000 метров – 5,12 для данного типа скважин на Тазовском НГКМ, проекте «Меретояханефтегаза».

Миленький А.М., главный инженер «ЭРИЭЛЛ НЕФТЕГАЗСЕРВИС»:

«Каждый рекорд для нас очень ценен, ведь это говорит о постоянном повышении нашей эффективности и качества работ. На данной скважине для бурения горизонтальных стволов длиной по 2000 метров мы отказались от использования РУС и применили ВЗД и биополимерный хлоркалиевый РВО, что позволило нам не только завершить строительство скважины с опережением, но и поставить рекорд по суммарной обсаженной горизонтальной части скважины хвостовиками».

ERIELLning «Gazprom Neft» kompaniyasi perimetridagi mutlaq rekordi

ERIELL «Gazprom Neft»ning Tazov konidagi pudratchilari o‘rtasida quduqlarning xvostoviklar bilan mustahkamlangan gorizontal qismining umumiy uzunligi bo‘yicha 5 ming 547 metrlik mutlaq rekord o‘rnatdi.

Quduq qurilishida rossiyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan, murakkab profilga ega quduqlarni o‘tkazishda yuqori aniqlik bilan ish ko‘rishga mo‘ljallangan TAML-1 texnologiyasidan foydalanildi.

Bundan tashqari, mazkur quduq «Meretoyaxaneftegaz» loyihasi Tazov NGKKdagi mazkur tipdagi quduqlar uchun sutkalar bo‘yicha ham rekord ko‘rsatkich/1000 metr – 5,12 bilan barpo etildi.

A.M. Milenkiy A.M, «ERIELL NEFTEGAZSERVIS» bosh muhandisi:

«Biz uchun har bir rekord qadrli, zero bu ishlarimiz samaradorligi va sifati muttasil oshib borayotganidan dalolatdir. Mazkur quduqda har birining uzunligi 2000 metr bo‘lgan gorizontal ustunlarni burg‘ulash uchun SABEdan foydalanishdan voz kechib, VZD va biopolimer xlor-kaliyli RVOdan foydalandik va bu bizga nafaqat quduq qurilishini muddatidan oldin yakunlash, balki quduqlarning xvostoviklar bilan mustahkamlangan umumiy gorizontal qismi bo‘yicha rekord o‘rnatish imkonini berdi».