February 3

#НашиЛица: в кадре — Шавкат Сатрутдинов

#НашиЛица: в кадре — Шавкат Сатрутдинов

Сегодняшний герой рубрики — Шавкат Шарипович Сатрутдинов, начал работу в 2010 году с должности инженера по буровым растворам. В настоящее время Шавкат Сатрутдинов вырос до должности инженера по буровым растворам 1 категории.

Наш герой выполняет ответственную миссию: готовит и контролирует параметры и объёмы бурового раствора, следит за порядком хранения химических реагентов и ведёт учёт их остатков. Кроме того, он следит за соблюдением промышленной безопасности.

Шавкат Шарипович отмечает, что, работая в этой компании, приобрёл ценный опыт и получил необходимые для работы знания.

«Здесь я также познакомился с замечательными людьми — я счастлив быть частью прекрасного коллектива. Я работал в Каракалпакском регионе, Бухарском, Кашкадарьинском и Ферганском. Моя бригада несколько раз получала премию за высокие показатели скорости бурения и безаварийности бурения».

Для Шавката Сатрутдинова самое большое счастье в работе — чувствовать себя нужным, быть хорошим специалистом и передавать полученный опыт молодым специалистам. А самое важное счастье в жизни — это семья и её благополучие, добавил герой.

#BizningQiyofalar: kadrda — Shavkat Satrutdinov

Ruknimizning bugungi qahramoni — Shavkat Sharipovich Satrutdinov kompaniyadagi faoliyatini 2010 yilda burg‘ulash eritmalari bo‘yicha muhandis lavozimidan boshlagan. Hozirgi vaqtda Shavkat Satrutdinov burg‘ulash eritmalari bo‘yicha 1 toifali muhandis lavozimiga ko‘tarilgan.

Qahramonimiz mas'uliyatli ishni bajaradi: burg‘ulash eritmasi parametrlari va hajmini tayyorlaydi va nazorat qiladi, kimyoviy reagentlarni saqlash tartibini nazorat qiladi va ularning qoldiqlari hisobini yuritadi. Bundan tashqari, u sanoat xavfsizligiga rioya qilinishini ham ta'minlaydi.

Shavkat Sharipovichning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada ishlash davomida u boy tajriba va ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha bilimlarga ega bo‘ldi.

«Bu yerda men shuningdek ajoyib insonlar bilan tanishdim — shu go‘zal jamoaning bir qismi ekanligimdan baxtiyorman. Men Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona mintaqalarida ishladim. Brigadam bir necha bor burg‘ulash tezligi va avariyasiz burg‘ulash bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar uchun mukofotlangan».

Shavkat Satrutdinov uchun ishda eng oliy baxt — bu o‘zining kerak ekanligini his qilish, yaxshi mutaxassis bo‘lish va orttirilgan tajribani yosh mutaxassislar bilan bo‘lishish muhim. Hayotda esa uning uchun eng katta baxt — bu oila va uning farovonligi, deya qo‘shimcha qildi qaxramonimiz.