December 19, 2023

Отработка чрезвычайных ситуаций Каршинской экспедицией

Отработка чрезвычайных ситуаций Каршинской экспедицией

На объектах деятельности ERIELL Group прошел месячник противопожарной безопасности. В частности, действия в условиях ЧС были отработаны на Каршинской экспедиции.
Мероприятия были направлены на отработку практических навыков по предупреждению и ликвидации чрезвычайных ситуаций природного и техногенного характера.

С учетом особенностей объектов Каршинской экспедиции, планы действий при возникновении и ликвидации чрезвычайных ситуаций были доработаны и скорректированы. Это включало в себя взаимодействие персонала компании с государственными органами в случае ЧС, разработку четкого алгоритма последовательности действий, вывод персонала в безопасную зону, выявление возможных рисков и другие мероприятия.

Такие совместные учения помогают работникам, занятым на буровых, быть максимально подготовленными к возможным происшествиям различного характера и минимизировать связанные с ними риски.

Qarshi ekspeditsiyasi favqulodda vaziyatlardagi harakatlarni mashq qildi

ERIELL Group obyektlarida yong’in xavsizligi oyligi bo’lib o’tdi. Xususan, Qarshi ekspeditsiyasining favqulodda vaziyatlardagi harakatlari mashq qilindi. Tadbir tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni mashq qilishga qaratilgan edi.

Qarshi ekspeditsiyasi obyektlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda favqulodda vaziyatlarning ro’y berishi va ularni bartaraf etish bo’yicha harakatlar rejasi ishlab chiqildi va tuzatishlar kiritildi. Bu kompaniya xodimlarining FV holatlarda davlat organlari bilan o’zaro harakati, harakatlar ketma-ketligining algoritmini aniq ishlab chiqishni, xodimlarni xavfsiz hududga olib chiqishni, bo’lishi mumkin bo’lgan xavflarni va boshqa tadbirlarni o’z ichiga oladi.

Bunday turdagi qo’shma mashg’ulotlar burg’ulash maydonlarida ishlaydigan xodimlarga sodir bo’lishi mumkin bo’lgan turli vaziyatlardagi hodisalarga imkon qadar tayyor turishni va ular bilan bog’liq xavf-xatarlarni kamaytirishga yordam beradi.