December 4, 2023

Наши Лица: Зияратов Хамза Юсуббоевич

Наши Лица: Зияратов Хамза Юсуббоевич

Сегодняшний герой рубрики #НашиЛица – Зияратов Хамза Юсуббоевич, инженер-технолог РИТС Бухарской экспедиции ERIELL Group.

Трудовую деятельность Хамза Юсуббоевич в Группе компаний начал в 2014 году с должности помощника бурильщика 3-го разряда. Свою профессию выбрал еще в юности. В 2008 году поступил в Ташкентский государственный технический университет по направлению «бурение нефтегазовых скважин» и уже тогда понимал, что профессия буровика – весьма перспективна.

У нашего – героя инженера-технолога РИТС Бухарской экспедиции ERIELL Group много обязанностей. Это составление компоновки низа бурильной колонны для бурения скважин, своевременное заполнение технологических журналов, ведение учёта наработки компоновки низа бурильной колонны, анализ данных о работе буровых бригад, бурового оборудования, инструмента, контроль соблюдения правил технической эксплуатации оборудования и инструмента, отработки долот, участие в проведении опытно-промышленных испытаний (ОПИ) и опытно-промышленных работ (ОПР) по освоению новой техники и технологий производства и множество других задач, которые он решает в процессе работы на буровой.

Самым интересным и увлекательным в своей работе он считает разработку новых, более эффективных технологий для повышения качества и скорости производственных процессов, а также возможность обучения и совершенствования навыков, открытие для себя новых горизонтов и внедрение новаторских идей.

Как опытный специалист за время работы в ERIELL Group успел принять участие во многих проектах, включая освоение вертикальных, наклонно-направленных скважин на месторождениях Устюртского региона – «Арслан», «Сургиль», «Акчалак», «Шаркий Бердах», Газлинского – «Даяхатын», «Аккум», «Шуркум», «Андакли», Кашкадарьинского и Бухарского регионов – «Уртабулак», «Чегара», «Сардоб», «Денгизкуль».

«Самое большое счастье для меня – вносить свой вклад в процветание и развитие Узбекистана и нашей Группы компаний. За время работы в ERIELL я узнал множество технических аспектов бурения от опытных мастеров и  профессионалов своего дела, работающих здесь. Я благодарю их от всей души за предоставленные знания и возможности», – сказал в заключение Хамза Юсуббоевич.

Bizning qiyofalar: Ziyaratov Hamza Yusubboyevich

#Bizning qiyofalar ruknining bugungi qahramoni ERIELL Group Buxoro ekspeditsiyasi RMTT muhandis-texnologi Ziyaratov Hamza Yusubboyevichdir.

Hamza Yusubboyevich kompaniyalar guruhidagi mehnat faoliyatini 2014 yilda 3-toifali burg’ulovchi yordamchisi lavozimidan boshlagan. O’z kasbini hali o’smirlik chog’ida tanlab bo’lgan edi. 2008 yilda Toshkent davlat texnika universitetining “Neft-gaz quduqlarini burg’ulash” yo’nalishi bo’yicha o’qishga kiradi va o’shanda burg’ulovchi kasbi-g’oyatda istiqbolli ekanligini tushunib yetadi.

ERIELL Group Buxoro ekspeditsiyasi RMTT muhandis-texnologi bo’lgan qahramonimizning – bir talay vazifalari bor.

Quduqlarni burg’ulash uchun burg’ilash kolonnasining pastki komponovkasini tuzish, texnologik jurnallarni o’z vaqtida to’ldirish, burg’ulash kolonnasining pastki komponovkasi tayyorlanishini hisobini yuritish, Burg’ulash uskunalari, asboblari, burg’ulash brigadalari ishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, uskuna va asboblarning texnik eksplutatsiyasi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish, iskanalarni ishlashini o’rganish, ishlab chiqarishning yangi texnika va texnologiyalarini o’zlashtirish bo’yicha tajriba-sanoat sinovlari (TSS) va tajriba-sanoat ishlari (TSI)ni o’tkazishda qatnashish va burg’ulash jarayonidagi hal qilishi kerak bo’lgan ko’plab vazifalar shular jumlasidandir.

U o’z ishida ishlab chiqarish jarayonlari sifati va tezligini oshirish uchun yangi, yanada samarali texnologiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, o’rganish va ko’nikmani takomillashtirish, o’zi uchun yangi ufqlarni ochish va novatorlik g’oyalarini joriy etish kabi imkoniyatlarning mavjudligini eng qiziqarli va maroqli jihat deb hisoblaydi.

Tajribali mutaxassis sifatida ERIELL Group kompaniyasidagi faoliyati mobaynida ko’plab loyihalarda, jumladan, Ustyurt hududining-“Arslon”, “Surg’il”, “Oqchalak”, “Sharqiy Berdaq”, Gazli hududida-“”Doyaxotin”, “Oqqum”, “Sho’rqum”, “Andakli”, QAshqadaryo va Buxoro hududlarida esa “O’rtabuloq”, “Chegara”, “Sardob”, “Dengizko’l” konlaridagi  vertikal, qiya-yo’naltirilgan quduqlarni o’zlashtirishda ishtirok etishga muvaffaq bo’ldi.

“Men uchun eng katta baxt-O’zbekiston va kompaniyalar guruhimizning gullab-yashnashi va rivojlanishiga o’z hissamni qo’shishdir.  ERIELL kompaniyasidagi faoliyatim davomida bu yerda ishlaydigan tajribali usta va mutaxassislaridan burg’ulashning ko’plab texnik jihatlari haqida bilib oldim. Ularga taqdim etilgan bilim va imkoniyatlar uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman”,– deydi so’zining oxirida Hamza Yusubboyevich.