June 14, 2023

ERIELL Group: neft konlariga xizmat ko‘rsatish sohasidagi 19 yillik yutuqlar va innovasiyalar

ERIELL Group: neft konlariga xizmat ko‘rsatish sohasidagi 19 yillik yutuqlar va innovasiyalar

2023 yil 14 iyunda ERIELL Group o‘zining 19 yilligini nishonlaydi. Mamlakatimiz aholisi va iqtisodiyotini energiya resurslari bilan ta'minlashda neft konlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar guruhi faoliyati muhim o‘rin tutadi. Ijobiy natijalar, yuqori texnologiyalar va zamonaviy texnikalarni joriy etish tendensiyasi ish sifati va umuman, O‘zbekiston neft-gaz sanoati rivojlanishida o‘z ifodasini topmoqda.

Vujudga kelish yo‘li

Hammasi 2004 yilda boshlangan, o‘shanda yosh kompaniya ixtiyorida faqat bitta burg‘ulash uskunasi va 10 nafar mutaxassislari bo‘lgan. Yildan-yilga tajriba orttirib, kengaygan holda ERIELL Group haqli ravishda obro‘ qozondi va neft servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi pudratchi kompaniyalar orasida yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Bugungi kunda ERIELL o‘zida ilg‘or texnologiyalar va ish sifatining yuqori standartlaridan foydalangan holda O‘zbekiston va uning tashqarisida neft va gaz konlarini qazib chiqaruvchi xalqaro neft konlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar guruhini ifodalaydi.

O‘zini ishonchli hamkor sifatida ko‘rsatgan ERIELL Group uzoq yillar davomida “O‘zbekneftgaz”AJ, Surhan Gas Chemical Operating Company, Gazli Gas Storage, Uz-Kor Gas Chemical, Natural Gas Stream, Sanoat Energetika Guruhi loyihalarida Bosh pudratchi sifatida ishtirok etib keladi. Bundan tashqari, Kompaniya mutaxassislari Iroq va Bangladesh Respublikasida ham faoliyatini amalga oshirmoqda.

Texnika parki quyidagilardan iborat:

Arktika sharoitlarida ishlash uchun o‘ta og‘ir, yuk ko‘tarish qobiliyati 675 tonna bo‘lgan 82 ta burg‘alash, 36 ta eshelon, 30 ta mobil, 14 yukko‘targichlar, 12 stasionar, 4 eshelon qurilmalari tashkil etadi.

  • Ekstremal sharoitlarda – O‘zbekiston va Iroqda +50⁰S dan yuqori haroratda.
  • Anomal yuqori yoki past qatlam bosimida ishlaymiz.
  • O‘ta chuqur quduqlarni burg‘ulaymiz.
  • Tuzli va angidrid qatlamlardan o‘tamiz.
  • Burg‘ulash eritmalarini qisman va to‘liq yutish zonalarida harakat qilamiz.

Neft va gaz qazib chiqarishning zamonaviy darajasi va energiya resurslariga bo‘lgan talab tobora ortib borayotgan sharoitlarda innovasion yondashuvlar, dadil va mas'uliyatli yechimlar, shuningdek, yuqori darajadagi mutaxassislar talab etiladi. ERIELL Group muvaffaqiyatli faoliyat, xususan, ko‘p yillar oldin o‘chirilgan quduqlarni qayta tiklash bo‘yicha ish olib borish uchun barcha resurslarga ega. Bugungi kunda Kompaniyalar guruhi xodimlarining sa'y-harakatlari bilan tugatilgan deb hisoblangan yuzlab quduqlar muvaffaqiyatli tiklandi. Mutaxassislar o‘n yillik bekor turishdan so‘ng sanoat gaz va neft oqimini olishga muyassar bo‘lishdi. Bu esa sanoat, qishloq xo‘jaligi va munosib turmush darajasini ta'minlash uchun nihoyatda zarur bo‘lgan qo‘shimcha energiya resurslarini qazib olish imkonini berdi.

Kompaniyalar guruhi faoliyatining butun tarixi davomida 13 million metrdan ortiq tog‘ jinslari burg‘ulandi, 4 mingdan ortiq quduqlar qurib bitkazildi. Agar 2023 yildagi ishlarni hisobga olsak, neft va gaz quduqlarini qurish qismida birgina O‘zbekiston hududida 5 oy ichida ERIELL Group tomonidan 290 ming metr uzunlikdagi tog‘ jinslari burg‘ulandi, 40 dan ortiq quduqlar qurib bitkazildi, tijoriy burg‘ulash tezligi oyiga 597 stni tashkil etdi.

Xayrli ishlar an'anasi

Ko‘p yillar mobaynida ERIELL Group o‘zgalarning ko‘magiga muhtoj bo‘lgan odamlarga muntazam ravishda yordam berib keladi. Avvalo, bu uy shinamligi va oilaviy iliqlikdan mahrum bo‘lgan bolalarga tegishlidir. Kompaniyalar guruhi “Mehribonlik” uylarida, bolalar uylarida va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarda ota-ona qaromig‘isiz qolgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram va tadbirlar o‘tkazadi, bolalar uylarini obodonlashtirish va yangi mebel' hamda zarur inventar bilan jihozlagan holda ularning yashashi uchun shinam va qulay makon yaratadi, bolalarni davolash va salomatligini saqlash uchun mablag‘larni yo‘naltiradi. Shu bilan birga, nogironlar uyi, imkoniyati cheklangan insonlarning turli jamoalari uchun yaratilgan “Yaxshilik ulashing”loyihasi majburiy yordam punktlari bo‘lgan va bo‘lib qoladi.

Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan qahramonlarga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. Fahriylarga e'tibor qaratish – ERIELL Groupning ijtimoiy faoliyatidagi eng muhim yo‘nalishdir. Har yili Xotira va qadrlash kuni arafasida Kompaniya guruhi vakillari O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi faxriylarni ko‘rishga boradi, ularga bayram tadbirlari uyushtirishadi, sovg‘alar va iliq tilaklar tuhfa etishadi.

Xodimlar – asosiy boyligimiz

ERIELL Groupning har bir xodimi – kompaniyalar guruhi muvaffaqiyatli yo‘lini davom ettirishi, rivojlanishi va mamlakatga ko‘proq foyda keltirishi uchun barcha bilim va tajribasini qo‘shadigan qimmatli mutaxassisdir.

ERIELL guruhining O‘zbekiston, Bangladesh Respublikasi va Iroqdagi loyihalarida 7600 dan ziyod mutaxassislar mehnat qiladi.

Kompaniyalar guruhida 300 dan ortiq kasb ko‘rsatilgan.

ERIELL Group qoshida 2022 yil avgust oyidan boshlab xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va intelektual huquqlari va qadriyatlarini himoya qilishga chaqiruvchi Kasaba uyushmasi faoliyat yuritadi. Bugungi kunga qadar 5300 nafardan ortiq kishi kasaba uyushmasiga a'zo bo‘ldi. Tashkilot nafaqat kompaniyalar guruhi xodimlarini himoya qilish, balki ularning oilalariga yordam berish va qo‘llab-quvvatlashni ham maqsad qilgan.

Vaxta ishchilarining hayotiga ham alohida e'tibor qaratiladi. Uy va sivilizasiyadan uzoqda joylashgan kompaniya ob'ektlaridagi har bir xodim o‘zini xavfsiz va qulay his qilishi kerak. ERIELL Group joy, rel'ef, tabiiy sharoitlarning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda xalqaro standartlarga muvofiq vaxta shaharchalarini qurish orqali mehnat sharoitlarini muntazas ravishda yaxshilab boradi. Turar-joy, muvozanatlashtirilgan va xilma-xil ovqatlanish, ishlanmaydigan soatlarda dam olish va hordiq chiqarish, gigienik va sanitariya ob'ektlar-barchasi eng mayda detallarigacha o‘ylab qo‘yilgan.

Organizm salomatligi

Kompaniyalar guruhi sog‘lom turmush tarzi va uninafaqat xodimlari, balki, umuman aholi orasida targ‘ib etish tarafdori bo‘lib, “Humo” xokkey klubi va “Surxon” futbol klubining Bosh hamkori hisoblanadi. ERIELL Group mutaxassislari muntazam ravishda turli marafonlarda va boshqa sport tadbirlarida, jumladan, mini-futbol bo‘yicha ERIELL Cup turnirida ishtirok etib keladi.

Quyidagi tadbirlarda ishtirok etgan:

Sayyoramiz o‘pkalarini tiklash

O‘pkamiz yengillik bilan to‘lganini his qilish, toza havoni qarshi olish — bu tetiklik olib keladigan, organizmning har bir hujayrasini uyg‘otadigan ne'matdir. O‘zbekiston tabiati nihoyatda rang-barang, bizning vazifamiz esa – uni ehtiyotkorlik bilan asrab-avaylashva kelajak avlodlarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdan iborat. Ko‘kalamzorlashtirish va daraxt ekish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishatrof-muhitga foyda keltiruvchi, tabiiy muvozanatni tiklovchi qimmatli tajribadir. ERIELL Group faoliyatidagi ob'ektlarda ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarni ekish bo‘yicha bunday tadbirlarni zo‘r ishtiyoq bilan o‘tkazadi.

Madaniy merosni saqlash

Bizning o‘tmishimiz – bizning boyligimizdir. O‘zbekiston xalqlarining tarixi, me'morchiligi, qadimiy me'morlarning hunarmandchiligi, betakror san'ati va noyob an'analari mamlakatimizni sharq madaniyati sirlarini ochish istagida bo‘lgan, butun dunyodan kelgan olim va sayyohlar uchun jozibali qiladi.

Madaniy merosni saqlash – an'anaviy qadriyatlar, ajdodlarning madaniyati va san'atini keyingi avlodlarga yetkazish muhim bo‘lgan har qanday sivilizasiyalashgan jamiyatning mas'uliyatidir. ERIELL Group “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasiga homiylik qilib, uni o‘rganish va targ‘ib etishda sa'y-harakatlarini ishga solmoqda. Kompaniyalar guruhi xorijda madaniy tadbirlarni o‘tkazish, turli davrlarga oid tarixiy eksponatlar, fotosuratlar va boshqa qimmatbaho narsalarni saqlash uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda qadimiy qo‘lyozmalarning noyob faksimil' nusxalarini nashr etishni qo‘llab-quvvatlaydi.

2022 yilda O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash va uni xorijda targ‘ib qilish borasidagi sa'y-harakatlari uchun Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashi raisi Baxtiyor Shuxratovich Fozilov Avisenna nomidagi xalqaro mukofoti laureati bo‘ldi.

Bizning homiyligimida :

  • Bugungi kunga qadar “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida”turkum kitob-al'bomlarini 60 jild chop etilgan
  • O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining 6 ta kongressi 400dan ortiq xorijiy va 300 dan ortiq milliy olimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
  • Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda 20 dan ortiq media tadbirlari, uchrashuvlar va ish safarlari uyushtirildi.
  • Jahon muzeylari va kutubxonalarida O‘zbekiston merosi xazinalariga bag‘ishlangan 20 dan ortiq hujjatli fil'mlar suratga olindi.
  • “Katta Langan Quroni”,“Xusayn Boyqaro devoni”, “Mirojnoma”, “Zafarnoma” va boshqa qadimiy qo‘lyozmalarning faksimil' nusxalari tayyorlandi va O‘zbekistonga qaytarildi.

O‘qitish va doimiy rivojlantirish

ERIELL Group mamlakatdagi yetakchi ish beruvchi sifatidagi mas'uliyatini anglaydi va yangi kadrlarni o‘qitish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi. ERIELL prof education NTMda mutaxassislar burg‘ulashdan tortibxodimlarni boshqarishgacha bo‘lgan turli sohalarda o‘z malakalarini oshiradi. Qarshi shahridagi ta'lim markazi yangi boshlovchi va tajribali mutaxassislar uchun MBU-160 mobil burg‘ulash qurilmasi va boshqa simulyatorlarda ko‘nikmalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Mashg‘ulotlardan so‘ng, ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari, jumladan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali talabalari kompaniyalar guruhida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadi, bu esa neft va gaz xizmatlari sohasida yuqori malakali mutaxassisning nufuzli qiyofasini shakllantirish, shuningdek, ERIELL katta jamoasining bir qismi bo‘lish imkonini beradi.

ERIELL Group hamkorlik qiladi:

  • I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali,
  • I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti,
  • Qarshi muhandislik-texnika instituti,
  • Toshkent Turin politexnika universiteti,
  • Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va boshqalar.

ERIELL Group yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va xayriya bilan shug‘ullangan holda rivojlanishda davom etadi. Kompaniyalar guruhi boy tajribasi va erishgan obro‘-e'tibori tufayli yangi buyurtmachilarni jalb qilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirmoqda. Bu sa'y-harakatlarning barchasi mustaqil O‘zbekistonning energetik mustaqilligini mustahkamlash, neft-gaz sanoatini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan.