March 2, 2022

#ERIELLLadies: В кадре - Дианна Белоусова

#ERIELLLadies: В кадре - Дианна Белоусова

Наша сегодняшняя героиня – Главный специалист по работе с персоналом Управления по работе с персоналом ERIELL Group.

Свою работу в компании Дианна Равильевна начала в 2013 году с должности секретаря-референта, в 2014 году перешла работать специалистом в отдел кадров, в 2018 году становится ведущим специалистом и еще через 3 месяца - главным специалистом по работе с персоналом.

Сегодня в обязанности Дианны Белоусовой входит ведение документации по приёму, переводу и увольнению сотрудников, ведение личных дел, оформление трудовых книжек, внесение сведений в базу данных 1С, а также в систему регистрации электронных трудовых договоров Республики Узбекистан, оформление отпусков сотрудникам, работа с больничными, контроль за соблюдением трудовой дисциплины и правил внутреннего трудового распорядка компании.

Таким образом Дианна входит в число тех людей, через руки которых проходит большое количество сотрудников и, наверное, одним из значимых качеств при этом является умение общаться.

«Мне всегда было интересно общаться с разными людьми, каждый человек уникален, приходя к нам для того, чтобы трудоустроиться, соискатель первым делом обращается к сотрудникам по работе с персоналом. А значит, именно мы несём ответственность за то, чтобы у каждого желающего работать в нашей компании осталось хорошее впечатление от проявленного к нему внимания и доброжелательности - о чём заботится каждый специалист Управления по работе с персоналом», - отмечает наша героиня.

Дианна отмечает, что работая в ERIELL, она нашла себя, занялась именно тем видом деятельности, который ей действительно интересен и близок по духу.

«Все навыки в сфере HR сформировались у меня именно здесь. Моим первым наставником в нашей интересной профессии специалиста по работе с персоналом стала мой действующий руководитель Дилором Ашировна Ишниязова. Наша компании предоставляет очень много возможностей в личностном росте своих сотрудников, и моя личная цель - повысить свои профессиональные навыки и стать серьёзным профессионалом в сфере HR», - делится наша героиня.

Не только в работе, но и в целом в жизни, она очень увлечённый человек. Любит фотографировать, увлекается изобразительным искусством, в прошлом ей было интересно изучать иностранные языки, в частности, практически самостоятельно неплохо освоила английский язык. Интересная и цельная личность, Дианна имеет свой собственный взгляд на разные важные для каждого человека вещи, в том числе на то, что такое счастье.

«Счастье – оно, конечно, для каждого своё. По мне, счастье в том, чтобы жить в гармонии с собой, иметь мир в душе, благополучие в семье и успех в работе».

#ERIELLLadies: Kadrda - Dianna Belousova

Bugungi qahramonimiz - ERIELL Group xodimlar bilan ishlash boshqarmasining xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi.

Dianna Ravil'evna kompaniyadagi ish faoliyatini 2013 yilda kotiba-referent sifatida boshlagan, 2014 yilda kadrlar bo‘limiga mutaxassis bo‘lib o‘tgan, 2018 yilda yetakchi mutaxassis, 3 oy o‘tib esa xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga tayinlanadi.

Bugungi kunda Dianna Belousovaning majburiyatlariga xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va bo‘shatish bilan bog‘liq hujjatlarni yuritish, shaxsiy ishlarni yuritish, mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish, ma'lumotlarni 1S ma'lumotlar bazasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining elektron mehnat daftarchalarini ro‘yxatga olish tizimiga kiritish, xodimlarning mehnat ta'tillarini rasmiylashtirish, kasallik varaqalari bilan ishlash, kompaniyada mehnat intizomi va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish kiradi.

Shu tariqa, Dianna qo‘lidan ko‘plab xodimlar o‘tadigan insonlar qatoriga kiradi va bu jarayonda eng muhim fazilatlardan biri muloqot qilish qobiliyati hisoblanadi.

«Men uchun turli insonlar bilan muloqot qilish qiziqarli bo‘lgan, ularning har biri o‘ziga xos, bizlarga ishga kirish uchun kelar ekan, nomzod birinchi galda xodimlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlarga murojaat qiladi. Demak, aynan biz kompaniyamizda ishlash istagida bo‘lgan har bir shaxsda unga ko‘rsatilgan e'tibor va xayrixohlikdan yaxshi taassurot qolishi uchun javobgarmiz va Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining har bir mutaxassissi aynan shunday bo‘lishini ta'minlaydi», - deydi qahramonimiz.

Diannaning so‘zlariga ko‘ra, ERIELLda ishlash asnosida u o‘zligini topdi, o‘zini haqiqatda qiziqtirgan va ruhiyatiga yaqin bo‘lgan faoliyat turi bilan shug‘ullana boshladi.

«HR sohasidagi barcha ko‘nikmalarim aynan shu yerda shakllangan. Bizning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis singari qiziqarli kasbimizda mening birinchi ustozim hozirgi rahbarim Dilorom Ashirovna Ishniyazova bo‘lgan. Kompaniyamiz o‘z xodimlarining shaxs sifatida o‘sishi borasida juda ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi va mening maqsadim professional ko‘nikmalarimni yanada oshirib, HR sohasida o‘z ishining mohir ustasi bo‘lishdan iborat», - deya qayd etadi qahramonimiz.

Nafaqat ishda, balki hayotda ham u juda g‘ayratli inson. Suratga olishni yaxshi ko‘radi, tasviriy san'at bilan shug‘ullanadi, o‘tmishda chet tillarini o‘rganishga qiziqqan, xususan, deyarli mustaqil ravishda ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan. Qiziqarli va maqsadga intiluvchan shaxs bo‘lgan Dianna har bir inson uchun muhim bo‘lgan turli narsalar, jumladan baxt nima ekanligiga nisbatan shaxsiy qarashga ega.

«Baxt – bu albatta har bir inson uchun alohida tushuncha. Fikrimcha, baxt o‘zingiz bilan uyg‘unlikda yashash, qalbingizda xotirjamlik, oilangizda farovonlik va ishingizda muvaffaqiyatga ega bo‘lishdir».