November 1

#ERIELLLadies: в кадре Ксения Вишнякова

#ERIELLLadies: в кадре Ксения Вишнякова

Ксения Андреевна Вишнякова – изящная и отважная девушка, которая за 5 лет работы в ERIELL Group прошла путь от оператора по обработке путевых листов до инженера Производственно-технического отдела.

Свою карьеру в ERIELL Group она начала в 2017 году. Отвечая на вопрос, что ее привело в эту профессию, девушка рассказала о преемственности поколений в семье: «Когда ребёнок растёт в семье, он обращает внимание на то, какой профессиональной деятельности его родители. Подрастая, он выбирает себе профессию по душе. Так сложилось и у меня. Мой отец, Руднев Олег Олегович, посвятил транспорту всю свою жизнь. Я брала пример с него, меня интересовало всё, что было связано с транспортом. После окончания школы и выбирая институт, я уже тогда решила для себя, что хочу связать свою жизнь с нефтегазовой отраслью».

Как человек ответственный и обязательный, в работе больше всего Ксения ценит возложенное на нее доверие руководства. В ее должностные обязанности сегодня входит осуществление мониторинга за нормами расхода ГСМ (горюче-смазочные материалы) в соответствии с утвержденным регламентом, контроль ведения документации, письменное согласование актов и предоставление их на утверждение начальнику УТТ и СТ (Управление технологического транспорта и специальной техники), осуществление систематической проверки заполнения личных карточек автотранспорта, ведение учета шин и АКТ (автомобильный аккумулятор), участие в разработке годового плана на следующий год.

Несмотря на кажущуюся хрупкость, в работе Ксения, как и полагается инженеру, решительна и целеустремлена. Отчасти это и делает ее работу уникальной: «Я думаю, любую работу делает уникальной сам человек. Если он выполняет свои обязанности с любовью, то получает от этого удовольствие и приносит пользу. Если представить путь человека по жизни как дорогу, ответ будет очевиден. Человек должен понимать, куда он хочет прийти через несколько лет».

Рассказывая о самом любимом в работе, Ксения Андреевна подчеркивает важность достигнутых результатов в дружном коллективе: «Я думаю, со мной все согласятся, что работа – это уже второй дом. Здесь мы проводим больше всего своего времени, поэтому важно оставаться большой и дружной семьей».

Переходя от обсуждения профессиональной деятельности к личным вопросам, наша героиня так рассказала о своем видении счастья: «Счастье – слышать голос Мамы и видеть улыбку Отца, конечно, в добром здравии. Счастье – когда ты благодарен за всё, что у тебя есть, включая, мирное небо, когда внутри тепло, уютно и есть кому искренне сказать «скучаю» и «люблю»».

Свой досуг наша героиня предпочитает проводить в кругу любимой семьи и верных друзей, которые при любых жизненных ситуациях всегда рядом.


Подводя итог нашей беседы, Ксения призналась, что работа в ERIELL Group принесла ей большой опыт: «Работать в компании для меня – это принимать участие в ее процветании. Здесь я стала самостоятельнее, более ответственной, я обрела жизненный опыт, и конечно, научилась еще больше любить свое дело и дарить тепло окружающим».

#ERIELLLadies - kadrda Kseniya Vishnyakova

Kseniya Andreevna Vishnyakova – ERIELL Group kompaniyasida 5 yillik faoliyati davomida yo‘llanma varaqalarini qayta ishlash bo‘yicha operatorlik lavozimidan ishlab chiqarish-texnika bo‘limining muhandisi lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan nozik va jasur qizdir.

U ERIELL Group kompaniyasidagi faoliyatini 2017 yilda boshlagan. Uni bu kasbga nima yetaklab kelgan degan savolga javob berar ekan, Kseniya oilaga avlodlardan meros bo‘lib qolgani to‘g‘risida gapirib berdi: «Farzand oilada o‘sar ekan, ota-onasi qanday qanday kasb bilan shug‘ullanishiga e'tibor qaratadi. Ulg‘aygach, u qalbiga yaqin kasbni tanlaydi. Menda ham shunday bo‘ldi. Otam Rudnev Oleg Olegovich butun hayotini transportga bag‘ishladi. Men undan o‘rnak oldim, menga transport bilan bog‘liq hamma narsa qiziq edi. Maktabni tugatib, institutni tanlayotgan vaqtim o‘zim uchun hayotimni neft'-gaz sohasi bilan bog‘lashni xohlashim haqidagi qarorni qabul qildim».

Mas'uliyatli va javobgar shaxs sifatida Kseniya o‘z ishida eng avvalo unga ishonib topshirilgan rahbariyatning ishonchini qadrlaydi. Bugungi kunda uning lavozim vazifalariga YoMM (yonilg‘i-moylash materiallari) xarajat me'yorlari tasdiqlangan reglament bilan muvofiqligini monitoring qilish, hujjatlar yuritilishini nazorat qilish, dalolatnomalarning yozma muvofiqligi va ularni TTva MTB boshlig‘iga tasdiqlatish uchun taqdim etish, avtotransport kartochkalarini to‘ldirilishini doimiy tekshirish, shinalar va AKT hisobotini yuritish, kelasi yil uchun yillik rejani ishlab chiqishda ishtirok etishlar kiradi.

Ko‘rinishidan nozik bo‘lishiga qaramay, Kseniya ishda muhandisga xos tarzda qat'iyatli va sobitqadam. Bu qisman uning ishini noyob qiladi: «Menimcha har qanday ishni noyob qiladigan insonnig o‘zi. Agar u o‘z majburiyatlarini mehr bilan ado etsa, bundan mamnun bo‘ladi va foyda keltiradi. Insonning hayot yo‘lini katta yo‘l deb tasavvur qilsak, javobi ayon bo‘ladi. Inson bir necha yil o‘tib qaerga borishni istayotganini anglashi kerak».

Kseniya Andreevna ishining eng sevimli jihatini gapirar ekan, ahil jamoada erishilgan natijalar muhimligini ta'kidladi: «O‘ylaymanki, ishxona-ikkinchi uyimiz degan fikrimga hamma qo‘shiladi. Be yerda biz ko‘p vaqtimizni o‘tkazamiz, shuning uchun katta va ahil oila bo‘lib qolishimiz juda muhim».

Kasbiy faoliyat muhokamasidan shaxsiy masalalarga o‘tgan qahramonimiz baxt haqidagi tasavvurlarini quyidagicha izohladi: «Baxt – bu albatta sog‘lom holda onamiz ovozini eshitish va otamiz tabassumini ko‘rishdir. Baxt – bu sizda bor narsa, jumladan tinch osmon, ko‘ngilda iliqlik, xotirjamlik va “sog‘indim”, “yaxshi ko‘raman” deb samimiy ayta oladigan insoningiz borligi uchun minnatdor bo‘lishdir.

Qahramonimiz bo‘sh vaqtini har qandy hayotiy vaziyatlarda doim yonida bo‘ladigan sevimli oila a'zolari va chin do‘stlari davrasida o‘tkazishni afzal ko‘radi.

Suhbatimizni yakunlar ekanmiz, Kseniya ERIELL Group kompaniyasida ishlash unga katta tajriba olib kelganini e'tirof etdi: «Men uchun kompaniyada ishlash-bu uning gullab yashnashida ishtirok etishdir. Bu yerda men mustaqil bo‘ldim, mas'uliyatim ortdi, hayotiy tajribaga ega bo‘ldim va albatta o‘z ishimni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rishni va atrofdagilarga iliqlik baxsh etishni o‘rgandim».