March 28

#PROERIELL: глинистые буровые растворы

#PROERIELL: глинистые буровые растворы

Глинистые буровые растворы играют важнейшую роль в процессе бурения скважин. В рубрике #PROERIELL мы рассмотрим глинистые типы таких растворов.

Наибольший интерес представляют три типа глинистых минералов: бентониты (монтмориллонит, бейделлит, нонтроиит, сапонит и другие), каолиниты (каолинит, галлуазит, накрит и т. д.) и гидрослюды (иллит, бравиазит и др.). Монтмориллонит и другие бентониты считаются лучшими для приготовления бурового раствора.

Глинистые растворы покрывают стенки скважины тонкой плотной пленкой, которая предотвращает проникновение фильтрата в породу. Реологические свойства буровых растворов позволяют удерживать шлам разбуренной породы на месте, что предотвращает его оседание на дно скважины в период отсутствия циркуляции. Эти растворы, обработанные утяжелителями, создают достаточное давление в стволе скважины, предотвращающее проникновение воды, нефти и газа из пластов в скважину.

В бурении также используются другие типы буровых растворов на водной основе: малоглинистые (для верхних слоев выветрелых и трещиноватых горных пород), соленасыщенные (при бурении в глубоких отложениях соленосных пород), ингибированные (обработанные химическими веществами для предотвращения размыва и набухания пород).

В ERIELL Group действует собственная лаборатория буровых растворов, где высококлассные специалисты занимаются поиском, проверкой и подбором новых реагентов, а также разработкой и тестированием эффективности новых рецептур буровых растворов для различных геологических условий.

#PROERIELL: Gilli burg'ulash eritmalari

Gilli burg’ulash eritmalari quduqlarni burg’ulash jarayonida muhim ro’l o’ynaydi.#PROERIELL ruknida biz bunday eritmalarning gilli turlarini ko’rib chiqamiz.

Gilli minerallarning uch turi: bentonitlar(montmorillonit, beydellit, nontroiit, saponit va boshqalar);  kaolinitlar (kaolinit, galluazit, nakrit va boshqalar) va gidroslyudlar (illit, braviazit va boshqalar) eng ko’p qiziqish uyg’otadi.  Montmorillonit va boshqa bentonitlar burg’ulash eritmasini tayyorlash uchun eng yaxshisi hisoblanadi.

Gilli eritmalar quduq devorini yupqa pishiq plyonka bilan qoplaydi. Plyonka jinsga filtratning kirishiga yo’l qo’ymaydi.Burg'ulash eritmalarining reologik xususiyatlari burg'ulangan jins shlamlarini joyida ushlab qolish imkonini berib, sirkulyatsiya yo’qligi davrida ham quduq tubiga cho’kishini oldini oladi. Og’irlashtiruvchi kukunlar bilan ishlov berilgan bu eritmalar quduq stvolida quduqqa qatlamlardan suv, neft va gaz kirishini oldini oluvchi yetarli  bosimni hosil qiladi.

Burg’ulashda shu bilan birga, burg’ulash eritmalarining suv asosidagi boshqa turlaridan ham foydalaniladi: kam gilli(nuragan va seryoriq tog’ jinslarining yuqori qavatlari uchun), tuzga to’yingan (tuzga boy jinslarning chuqur qatlamlarini burg’ulashda), ingibirlangan (jinslarning bo’rtishi va eritmaning qattiq zarrachalar bilan haddan tashqari to’yinganligini oldini olish uchun kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan).

ERIELL Group o’zining burg’ulash eritmalari laboratoriyasiga ega bo’lib, u yerda yuqori malakali mutaxassislar yangi reagentlarni izlash, tekshirish va tanlash, shuningdek, burg’ulash eritmalarining yangi retseptini ishlab chiqish va turli geologik sharoitlarda samaradorligini sinovdan o’tkazish bilan shug’ullanadi.