February 14

Технический обзор ERIELL. Мобильная буровая установка ZJ-20/1580

Технический обзор ERIELL. Мобильная буровая установка ZJ-20/1580

Предлагаем вашему вниманию новую рубрику «Технический обзор ERIELL», в которой будем рассказывать об особенностях техники, используемой на проектах Группы компаний.

Начнем с самой малогабаритной мобильной буровой установки серии ZJ-20. Номинальная грузоподъемность БУ – 160 метрических тонн, а условная глубина бурения - 2000 метров. Мощность лебедки достигает 600 л. с. Сама конструкция – телескопическая, двухсекционная, что позволяет эффективно мобилизовать ее практически на любом месторождении. Они доступны как самоходные, так и прицепные, что делает их универсальным решением для различных проектов и задач.
Основными преимуществами БУ ZJ-20 являются их габариты и возможность оперативной перебазировки.

Установки разработаны для эффективной работы в самых сложных условиях, спроектированы для работы в районах с умеренным климатом, где температура может варьироваться от минус 45°C до плюс 40°C. Это означает, что они могут успешно функционировать в различных географических регионах, где климатические условия могут быть крайне переменчивыми.

Конструкция и технология изготовления мобильных буровых установок серии ZJ полностью соответствуют высоким стандартам, что обеспечивает не только высокое качество и надежность оборудования, но и его безопасную эксплуатацию в самых экстремальных условиях.

ERIELL Group применяет буровые установки ZJ-20 на проекте Sanoat Energetika Guruhi, а именно на месторождениях «Восточный Тошли», «Сардоб» и «Марказий Авваль».

ERIELL texnika obzori. ZJ-20/1580 mobil burg’ulash qurilmasi

“ERIELL texnika obzori” deb nomlanuvchi yangi ruknni e’tiboringizga havola etamiz. Unda biz Kompaniyalar guruhi tomonidan foydalaniladigan texnikalar xususiyatlari haqida so’zlab beramiz.

Ruknni ZJ-20 seriyadagi eng kichik gabaritli mobil burg’ulash qurilmasidan boshlaymiz. Burg’ulash qurilmasining nominal yuk ko’tarish qobiliyati 160 metrik tonnani, shartli burg’ulash chuqurligi esa -2000 metrni tashkil etadi. Uskuna chigirining quvvati 600 ot kuchiga yetadi. Konstruksiyaning o’zi teleskopik, ikki seksiyali bo’lib, uni amalda har qanday konda samarali harakatlantirish imkonini beradi. Uning o’ziyurar va tirkamali ko’rinishlari mavjud bo’lib, bu xususiyatlar qurilmaning turli loyiha va vazifalar uchun universal yechimga aylantiradi.
ZJ-20 burg’ulash qurilmasining asosiy afzalligi ularning gabaritligi va yangi joyga tezlikda ko’chirib keltirish imkoniyati hisoblanadi.

Texnika eng murakkab sharoitlarda samarali ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, harorat minus 45°C dan plyus 40°C gacha o’zgarishi mumkin bo’lgan mo’tadil iqlimli hududlarda ishlash uchun loyihalashtirilgan. Bu ularning iqlim sharoiti juda o’zgaruvchan bo’lgan turli geografik hududlarda muvaffaqiyatli ishlashini anglatadi.

ZJ seriyali mobil burg’ulash qurilmalarining tuzilishi va yasalish texnologiyasi yuqori standartlarga to’liq mos kelib, uskunaning nafaqat yuqori sifati va mustahkamligini, balki uning eng ekstremal sharoitlarda ham xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlaydi.

ERIELL Group Sanoat Energetika Guruhining aynan “Sharqiy Toshli”, “Sardob”, “Markaziy Avval” loyihalarida ZJ-20 burg’ulash qurilmalarini qo’llaydi.