February 10, 2023

Техника для эффективного ремонта скважин

Техника для эффективного ремонта скважин

🇷🇺 На месторождении «Сургиль» в Республике Каракалпакстан специалистами ERIELL Group используются подъемные станки АПР-80 для проведения текущего и капитального ремонта скважин (ТиКРС).

В настоящее время задействованы 2 таких станка. В числе операций по ТиКРС специалистами Группы компаний проводятся такие виды, как ремонтно-изоляционные работы (РИР), переход на другой горизонт, реперфорация. Использование современных технологий дает возможность наращивать объемы освоения скважин, увеличивать добычу углеводородов.

ERIELL является Генеральным подрядчиком проекта по проведению текущих и капитальных ремонтов эксплуатационного фонда, а также интенсификации притока газа на месторождении «Сургиль». Заказчиком проекта является СП Uz-Kor Gas Chemical ООО.

АПР 80С (агрегат подъемный) предназначен для капитального ремонта и освоения нефтяных и газовых скважин. Данная модификация подъёмных станков показала при их использовании на объектах ERIELL ряд преимуществ. Так АПР-80 на базе шасси КАМАЗ отличается высокой мобильностью - при переезде. Также оперативно осуществляется процесс монтажа и демонтажа.

АПР-80 хорошо показал себя и при работе в различных температурных режимах на объектах ERIELL.

Как мы сообщали ранее, в 2022 году на «Сургиле» специалистами нефтесервисной Группы ERIELL был выполнен текущий и капитальный ремонт 24-х скважин и еще на 2-х скважинах проведена операция ГРП (гидроразрыв пласта).

Quduqlarni samarali ta'mirlash uchun texnika

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Surg‘il” konida ERIELL Group mutaxassislari tomonidan quduqlarning joriy va kapital ta'mirini o‘tkazish uchun APR-80 yuk ko‘taruvchi qurilmadan foydalaniladi.

Hozirgi kunda 2 ta shunday qurilma ishga solingan. Kompaniyalar guruhi mutaxassislari tomonidan QJvaKT operatsiyalari doirasida ta'mirlash-izolyasiya qilish ishlari (TII), boshqa gorizontga o‘tish, reperforatsiya qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish quduqlarni o‘zlashtirish hajmlarini kuchaytirish, uglevodorodlar qazib olishni oshirish imkonini beradi.

ERIELL kompaniyasi ekspluatasiya fondlarini joriy va kapital ta'mirlash, shuningdek, Surg‘il konida gaz oqimini kuchaytirish bo‘yicha loyihaning Bosh pudratchisi, Uz-Kor Gas Chemical MChJ QK loyiha buyurtmachisi hisoblanadi.

APR 80S (ko‘tarish agregati) neft va gaz quduqlarini kapital ta'mirlash va o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan. Yuk ko‘tarish qurilmasining mazkur modifikasiyasi ERIELL ob'ektlarida foydalanilganda qator afzalliklarni ko‘rsatdi. Shunday qilib, KAMAZ shassi negizidagi APR-80 ko‘chish vaqtida yuqori harakatchanligi bilan ajralib turdi. Shuningdek, montaj va demontaj jarayoni tezlik bilan amalga oshirildi.

APR-80 ERIELL ob'ektlarida turli harorat sharoitlari bilan ishlashda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi.

Avval xabar berganimizdek, 2022 yilda ERIELL neft' servis guruhi mutaxassislari tomonidan «Surg‘il» konida 24 ta quduq joriy va kapital ta'mirlandi, yana 2 ta quduqda QGYo (qatlamni gidravlik yorish) amaliyotlari o‘tkazildi.